235
14.3.2.1. E-UTRAN — takomillashtirilgan radioulanish tarmog‘i
LTE/SAE tizimida “takomillashtirilgan” E-UTRAN tarmog‘i
nomini olgan radioulanish tarmog‘i “pastga” yo‘nalishdagi ula-
nish, ma’lumotlarni kodlash, paketlarni yo‘naltirish va qayta
yuborish kabi vazifalarga javob beradi. E-UTRAN tarmog‘i “ta-
komillashtirilgan B tuguni”, ya’ni
eNB
nomini olgan yagona tu-
gun darajasidan tashkil topgan bo‘lib, u abonent uskunalari (AU)
bilan LTE-Ub interfeysi yordamida ulanadi. eNB tuguni OTO‘
(ISO/OSI) modelining fizik (RNY),
muhitga ulanishni boshqa-
rish (MAS), radiokanallarni boshqarish (RLC) hamda paketli
ma’lumotlarni boshqarish (PDCP) darajalarini qo‘llab-quvvat-
laydi. eNB tuguni radioresurslarni boshqarish (RRC), ulanishni
boshqarish,
tarmoqni rejalashtirish, “yuqoriga” yo‘nalishda QoS
ning kelishilgan darajasini ta’minlab berish, keng qamrovli status
xabarlarni jo‘natish, abonent va boshqaruv sathlarida ma’lumot-
larni kodlash/dekodlash, shuningdek, abonent sathida “pastga”
va “yuqoriga” yo‘nalishlarda paketlar sarlavhalarini kompressi-
ya/dekompressiya qilish kabi vazifalarni bajaradi.
Dostları ilə paylaş: