Reja: harakatli o’yinlar



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə16/17
tarix27.04.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#115551
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
8-MAVZU

Toychoq.

Toychoq yeli selkillab,

O’ynab yerni tepkilab.

O’ng kaft ovchi qilib barmoqlari tashqarisiga qaratiladi. Bosh barmoq tik ko’tarilgan. CHap kaftni uning ustiga qo’yib, barmoqlar bilan yel shakli hosil qilinadi. Bosh barmoq tik ko’tariladi. Ikkala bosh barmoq quloqni ifodalaydi.










Fil.

Fil turar bo’lib tog’day,

Supra quloq, xartum surnay

Silkitib u boshini,

CHorlar qon-qardoshini!

Kaftni o’zimizga qaratib, o’rta barmoqni pastga bukamiz. U biryoqdan jimjiloq va nomsiz, boshqa yoqdan ko’rsatkich va bog’i barmoqlar bilan qisilgan. O’rta barmoq qimilatiladi.

Daraxt.

Daraxtning shoxi qani?

SHoxda butog’i qani?

Butoqlarda yam-yashil

Go’zal yaprog’i qani?

Qo’lning orqa tomonlari jipslashtirilib, barmoqlar ochiq holda tepaga qaratiladi. Panjalar va barmoqlar qimirlatiladi.
Qushcha.

Bosh barmoqlar bosh bo’lsin,

Kaftlar qush qanot bo’lsin.

Kaftlarni o’zimizga qaratib, bosh barmoqlarni bir-biriga chirmashtiramiz, bosh barmoqlar qush boshi, qolganlari yoyiq holda qanot hosil qiladi. Ularni silkitamiz.








Xaskash.

Daraxt to’kar bargini,

Xaskashda yig’ay uni.

Qo’llarning kaftlarini o’ziga qaratib, barmoqlar ichki tomondan chirmashtiriladi.
Kema.

Kema dengizda borar,

To’lqinlarni qirq yorar.

Ikkala kaftni jipslashtirib, jimjiloqlar birlashtiriladi. Bosh barmoqlar esa yuqoriga ko’tarib turiladi.
Qulf.

Barmoqlar chirmashar u,

Qulf bo’ladi.

Yana bir bor qaytarsak,

zo’r bo’ladi.

Kaftlar bir-biriga jipslashib, barmoqlar chirmashtiriladi. Ochib yopib turiladi.
Sichqon.

Sichqon qog’oz shitirlatar,

Tishlarini qimirlatar.

O’rta va nomsiz barmoqlar bosh barmoqqa tiraladi. Ko’rsatkich barmoq va jimjaloq egiltirilib, ko’rsatkich va o’rta barmoq ustiga jipslashtiriladi.









Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin