Reja: J. Rumiyning haqida qisqacha ma`lumot



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə1/10
tarix02.12.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#137008
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Dilmurod. Falsafa.2.

ANDIJON qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti Agrobiznes va raqamli iqtisodiyot fakulteti 3-bosqich 66-guruh talabasi MUSURMONOV dilmurodning FALSAFA FANIDAN MUSTAQIL ISHI

j.Rumiyning “quyoshda ham dog’ bor ” deganda nimani nazarda tutgan

Reja:

  • J.Rumiyning haqida qisqacha ma`lumot
  • J.Rumiyning asarlari
  • J.Rumiyning “Quyoshda xam dog` bor” asari

Mavlono Jalollid-Din Muhammal Rumiy yoki Mavlono nomlari bilan taniqli - asosan, fors tilida sharq she’riyati asarlarini yaratgan atoqli fors-tojik shoir-so‘fisi.

Mavlono Jalollid-Din Muhammal Rumiy yoki Mavlono nomlari bilan taniqli - asosan, fors tilida sharq she’riyati asarlarini yaratgan atoqli fors-tojik shoir-so‘fisi.

Ba’zida uni Mavlono Jalol id-Din Muhammad Balxiy, ya’ni tug‘ilgan yeri bo‘lmish ona shahri nomi bilan ham chaqirishgan.

1207 yilning 30 sentabr kuni Vaxsh (hozirgi Tojikiston) shahrida, o‘sha vaqtlar Xurosonning yirik poytaxt viloyatining shimoliy Baxl hududida, xalqda mashhur

saroy din-huquq va xatib-so‘fi olimi - Baxouddin Valid (1148-11231) nomi bilan mashhur Muhammad bin Husayn al-Xatib al Balxiy oilasida dunyoga kelgan.

Otasi mo‘g‘ullar istilosi subab, ona shahridan qochib, ko‘p yillik darbadarlikdan so‘ng, Kichik Osiyoning (Rum) Kunya shahrida, turk-saljuqlar saroyida o‘rnashadi.

Jaloliddin nafaqat diniy-huquqiy, balki, aniq fanlar sohasida ham yaxshi tahsil olgan, arab, yunon tillarini, “Qur’on”ni va uni tavsirini yaxshi bilgan.

XIII asrda Kunya shahrida Sulton Valad so‘filik Mavlono ordenini ta’sis etib, marosimlarda Rumiy asarlaridan foydalanilgan. Rumiy — Usmoniylar Turkiyasidagi eng obro‘li darveshlarning hamda bizning davrimizdagi mavjud tariqatning ma’naviy davomchisi. Bolaligidayoq u Xurosonning asosiy shahri - ona yeri Balxni tark etishga majbur bo‘ladi. Uning otasi Muhammad Baxouddin Valad so‘fi va diniy-olim bo‘lgan. Shuning uchun ham u Xorazm shohi Muhammaddan saroyida xizmat qilish taklifini oladi. Ammo Valad o‘z e’tiqodida mustahkam, chuqur bilimga ega va juda haqqoniy bo‘lgan. Turli vajlarga ko‘ra, u shohning iltimosini rad etib, bolalarga dars berish uchun maktabda qoladi va ilmiy hamda ijodiy faoliyatini davom ettiradi. Shu sabab Xorazm shohi bilan o‘rtalarida kelishmovchilik yuzaga keladi. Haj safarini amalga oshirish maqsadida, u oilasi bilan Balxni tark etadi. Makkaga safari chog‘i, Nishopurda u shayh Farididdun Muhammad Attor bilan suhbat qurish sharafiga muyassar bo‘ladi. Qiziquvchan shayh Rumiyga bog‘lanib qoladi va unga o‘zining “Asrornoma” kitobini bag‘ishlab, Jaloliddin uni doim yonida olib yuradi. Rumiy she’riyat, falsafa va dinshunoslik bobida bu qadar cho‘qqilarga erishishiga o‘sha davrlarning ma’rifatparvarlari shayh Shams Tabriziy va Farididdun Attorlarning hissasi beqiyosdir. Shams Tabrizdan u falsafa, xususan, so‘fichilik bilan tanishadi. 1228 yil Valad Kunyadagi madrasasida muallimlik o‘rnini egallash taklifini oladi va o‘sha yerga ko‘chib o‘tib, tez orada, 1231 yil vafot etadi va uning madrasadagi o‘rnini Jaloliddin egallaydi. Bir yildan so‘ng Jaloliddin madrasada dars berish bilan birga, Valadning fikrdoshi Burxon id-Din Muhaqqiqning shogirdiga aylanadi. Bu ma’naviy tarbiya, deyarli o‘n yil davom etdi: u barchaning hurmatiga sazovor mudarris va masjid xotibi bo‘lib qolish barobarida, o‘z oilasi bilan bekamu-ko‘st va xotirjam hayot kechiradi.


Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin