Jaloliddinning so‘filik yo‘liga tushishi daydi so‘fi va’zxoni Shamsiddin Tabriziyning ismi bilan bog‘liq. Bu darveshning xutbalari va u bilan shaxsiy suhbati va keyinroq sirli g‘oyib bo‘lishi Jaloliddin qalbini butunlay o‘zgartirib yuboradi. Uchrashuv quvonchi-yu, do‘stiga bo‘lgan kengqamroqli muhabbat va judolik fojiasini tuyib, u butun dunyoga taniqli daho shoirga aylandi. Ammo Jaloliddin 1247 yili g‘oyib bo‘lgan, unga ma’naviy fazilatlarini yodga solib turuvchi o‘qituvchisi Shamsiddinsiz ortiq yashay olmay, ijodini ham davom ettirolmasdi. Yosh zargar Salohiddin Zarkub ham sevimli ustoziga aylanib qolgan edi, u 1258 yili vafot etganidan so‘ng, uning o‘rnini Husamiddin Hasan bosadi. Aynan Husamiddin oldida Jaloliddin ko‘plab she’riy asarlari insoniyat uchun yozib, saqlanib qolinganligi uchun qarzdor, zero, shoir ularni odatda o‘qib berar yoki hirgoya qilib berardi. Uning taklifiga va yordamiga binoan, Jaloliddinning asosiy asari - olti bobli “Masnaviy” (“Yashirin ma’no haqida doston”) yaratilgan. O‘zining yashirin ma’nosida ushbu doston so‘fichilik ensiklopediyasi hisoblanadi, lekin unga bu jihatdan faqat so‘fichilik yo‘lidagilargina baho bera olib, unda G‘azaliy, Sanoiy, Attor va o‘z davrining boshqa bao‘bro‘ so‘fichilarining taraqqiy g‘oyalarini ko‘ra oladilar. Rumiyning salobati shundaki, u buyuk shoirlik maqomiga ega bo‘lib, turkiy olamga tanilgan. Islom dinining barcha oqimlari va boshqa dinlar uchun u yagona g‘oyani ilgari surib, unda Yaratganga bo‘lgan muhabbatni, uning kuchiga bo‘lgan e’tiqodni, niyat va ishlarning pokligini tarannum etgan. U shunday yozgan: “Yo‘llar turli bo‘lishi mumkin, ammo yakuniy maqsad yagona - Allohning oldiga borish”. U umrining oxirigacha Xudoning oldida barcha tengligini targ‘ibot qilgan.
Rumiyning “Bilim mohiyati” asari bu uslubda yozilgan tengi yo‘q kitob sanaladi. Uni Rumiy ruboiy emas, nasr uslubida yozgan. Kitobda so‘zlar bulbul og‘zidan chiqqani kabi erkin uzuladi. Unda barcha narsa erkin: qalb ham, fikrlar ham, jumlalar ham, holat ham. Rumiydan sakkiz asr o’tib, XX asr shoirlari oq she’r deb nomlanuvchi adabiy uslubdan foydalana boshlashdi. Bu uslubni hali XIII asrda Jaloliddin Rumiy ochib, o‘z ijodida foydalangan edi. O‘zining sevimli asarini u 15 yoshida yozgan. Unda yigirma besh ming olti yuz o‘n sakkiz bayt mavjud. Kitobni jahon adabiyoti shoh asari deb hisoblasak mubolag‘a bo‘lmaydi. Uni, shuningdek, “So‘fichilik qonunlari” deb ham atashadi. U vaqtlar insonlarning yerdagi yagona kelib chiqishi haqida gapirish jasorat hisoblangan. Jaloliddin o‘z asarlarini turli taxalluslar bilan imzolagan: “Balxiy” - tug‘ilgan yeri bo‘yicha, “Shams Tabriziy” - do‘sti va ma’naviy ustozi, ammo eng tanilgan taxallusi “Rumiy” - u va uning yaqinlari ikkinchi vatanini topgan mamlakat.