Sh. N. Zaynutdinov, R. I. Nurimbetov


Ekspert baholash usulining ustunliklari va kamchiliklarini



Yüklə 8,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/194
tarix15.11.2023
ölçüsü8,38 Mb.
#132639
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   194
Personalni boshqarish. Zaynutdinov Sh.N. Nurimbetov R.I

10. Ekspert baholash usulining ustunliklari va kamchiliklarini
tushuntirib bering.
291


XV BOB. PERSONALNI BOSHQARISHNING
CHET EL TAJRIBASI
Muhim tushunchalar: 
korxona falsafasi, ahloq, tamoyil- 
lar, maqsad, an’ana, kamchiliklar, firma, tajriba, m a’naviy 
qadriyatlar, tasnif, kasbiy tayyorgarlik, o ‘qitish, malaka oshi­
rish, o ‘zini rivojlantirish.
15.1. Korxona falsafasi
Korxona falsafasi — bu firmaning ichki tamoyillari va 
o‘zaro munosabatlar qoidalarining yig‘indisi, ixtiyoriy rioya 
etiladigan qadriyat va e’tiqodlaming o‘ziga xos tizimi. Falsafaga 
rioya qilish korxonaning farovonligi va muvaffaqiyatini 
kafolatlaydi. Unga ehtiyoj bormi?
Ijobiy javob uchun dalillar:
— bir xil odamlar yo‘q, lekin personal o'rtasidagi muno­
sabatlar barcha uchun umumiy tamoyillar bilan tartibga soli- 
nishi zarur;
— korxonada kadrlaming ketishi va yangi xodimlaming 
kelishi ahloqiy qadriyatlar va m a’muriyat talablarini tezda 
o‘zlashtirib olishini talab qiladi;
— saylov, o ‘zini-o‘zi boshqarish, yakkashaxslik, jamoa 
roli, boshqamvni markazlashtirishga nisbatan qarashlarni 
aniqlab olish kerak;
— korxona mulkdori personalga nisbatan o‘z siyosatini 
yurgizishga intiladi, u ayrim paytlarda umumtanolingan siyo- 
satdan farq etishi mumJkin;
— korxona rahbarlari va menejerlar almashadi, lekin bu 
«kemani chayqamasligi» kerak. Xodimlar umumiy qoidalar 
bo‘yicha yashashlari lozim.
Salbiy javob uchun dalillar:
— norasmiy guruhlar o‘zlari xatti-harakat me’yorlarini 
yaratishadi, shu bois ulami ma’muriy jihatdan tartibga solish 
uchun zarurat yo‘q;
— hozirgi bosqichda ikki tur ahloq shakllangan va odam- 
laming bir qismi jamoada o‘zaro munosabatlar tizimini qayd 
etish imkoniyatiga ega emas;
292


— korxona falsafasini ishlab chiqish va unga tuzatish 
kiritish ko‘p vaqt va kuchni oladi, shuning uchun kuchlami 
sarf etishga yo‘l qo‘ymaslik kerak;
— jamoadagi odamlarga o ‘z xatti-harakatlari va mosla- 
shish qoidalarini yaratish xos. Kichik firma uchun faqat «mik- 
rofalsafa» ishlab chiqish mumkin.
Shunday qilib, salbiy dalillarga qaramasdan, korxona 
falsafasi xodimlar jamoasiga awal qo‘llanilmagan tamoyillar 
orqali ancha maqsadli ko‘rsatishga yordam beradi. Bu jamoa 
xodimlariga ta’sir ko‘rsatish zaxirasini tashkil etadi.
Korxona falsafasini ishlab chiqishda quyidagilar inobatga 
olinishi kerak:
— xodimlaming milliy tarkibi;
— mintaqaviy xususiyat (viloyat, shahar);
— ishlab chiqarish turi;
— xalq xo‘jaligi tarmog‘i;
— korxonaning miqdoriy tarkibi;
— xodimlaming hayot darajasi;
— personalning madaniy darajasi;
— mulkdoming qarashlari va pozitsiyalari;
— direktoming shaxsiy qarashlari.

Yüklə 8,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin