huquqini bildiradi. Vakolatni hokimiyat bilan aralashtirib
bo‘lmaydi. Vakolat ma’lum bir lavozimdagi shaxsning nima
qilishga haqqi borligini bildiradi. Hokimiyat esa haqiqatda u
nima qila olishligini bildiradi. Shu bilan birga hokimiyatga
ega bo‘ la turib vakolatga ega bo‘ lmaslik ham mumkin.
Vakolat ikki turga, ya’ni chiziqli va shtabliga bo‘ linadi.
Chiziqli vakolat — boshliqdan bevosita qo‘l ostidagiga va
keyinchalik boshqa bo‘ysunuvchi 1 arga topshiriladigan vako-
latdir. Shunday qilib, chiziqli vakolat tashkilotda komanda
zanjiri (tarkibi) deb ataluvchi ierarxiyani yaratadi.
Shtabli vakolat — bu chiziqli vakolatli rahbarlarga mas-
lahat berish yoki yordamlashish huquqidir. Ular o ‘z navba-
tida to‘rtta guruhga bo‘ linadi.
Shtabli apparatning tavsiyaviy vakolati birmuncha che-
garalangan bo‘lib, asosan chiziqli rahbariyatga maslahatchi
hisoblanadi.
Majburiy kelishuv tavsiyaviy vakolatlaming kengayishini
ta’minlaydi. Bunday tashkilot doirasida chiziqli boshqaruv
rahbariyati ma’lum doirada shtabli apparat bilan kelishishga
majburdir.
Parallel vakolat o ‘zida kelgusida shtabli vakolatlaming
kengayishini va chiziqli rahbariyatning alohida qarorlarini rad
etish huquqini namoyon etadi.
Funksional vakolat shtabli apparatga nafaqat o ‘z funk-
siyasi chegarasida ma’ lum boshqaruv ta’sirini taklif qilish
huquqini, balki amalga oshirishni ham bildiradi.
Dostları ilə paylaş: