tisodiy ko‘rsatkichlar — YAMM, iste’mol xarajatlari, tovar narxlari va
hokazolaming o‘zgarish sur’ati o‘rtasidagi korrelatsion bog‘liqlikni
kuzatadilar. Bunday korrelatsiyaning mavjudligi mualliflar tomonidan
puldan iqtisodiy faollik holati tomon boruvchi sabab aloqasi sifatida
talqin etilgan. Pul impulslarini uzatish mexanizmlariga quyidagilar
kiradi: narx tizimi, inflatsiya, ishsizlik, valuta kursi va to‘lov balansi.
4
.
Monetaristlar va keynschilar o‘rtasida davlatning xo‘jalik hayotidagi
roli masalasi bo'yicha fikrlar qarama-qarshiligi yakuniy hisobda
hukumat organlari tomonidan konyunkturaga — pul-kredit siyosati
va fiskal siyosatga ta’sir etish uchun foydalaniladigan makroiqtisodiy
nazoratning ikki asosiy vositasini bir-biriga qarshi qo‘yishda namoyon
bo'Iadi. Markaziy bankning pul massasi hajmiga ta’siri bilan bog‘liq
birinchi siyosat turi monetaristlar tomonidan eng samarali va tovar-
pul munosabatlari tizimiga organik kiradigan siyosat sifatida baholanadi.
5. Soliq stavkalarini o'zgartirish va davlat qarzlarini boshqarish bilan
ifodalanuvchi ikkinchi siyosat esa ular tomonidan hukumat apparatining
o‘zboshimchaligi bilan bog'lanadi va xo'jalik rivojlanishi uchun
samaradorligi past sifatida baholanadi. Shu sababli iqtisodiy o'sishni
rag‘batlantirish uchun hukumatning faol siyosati talab qilinadi. Bu
siyosat soliq stavkalarini o‘zgartirish va davlat qarzlarini boshqarishdan
iborat.
Asosiy tayanch tusbunchalar
Dostları ilə paylaş: