A sosiy tayanch tushunchalar
Umumiy iqtisodiy shakllar, natural xojalik, tovar ishlab chiqarish, oddiy
tovar ishlab chiqarish, kapitalistik tovar ishlab chiqarish, tovar ishlab
chiqarishning asosiy ziddiyatlari, ayirboshlash qiymati, tovar qiymati,
qiym at substansiyasi, qiymatning oddiy shakli, m ulkning to'liq (yoki
m ukam m al) shakli, qiymatning ijtimoiy shakli, qiymatning p u l shakli,
qiymatning mukam m al-pul shakli, pul, narx, pulning funksiyalari, oltin
standarti.
Nazorat uchun savollar
1. Tovar ishlab chiqarishning yuzaga kelish sabablari va uning mohiyati
nimada ?
2. Tovar ishlab chiqarish natural ishlab chiqarishdan nimasi bilan farq
qiladi?
3. Tovar ishlab chiqarish va uning shakllari rivojlanishi bosqichlari
nimadan iborat?
4. Tovar ishlab chiqarishning qarama-qarshiligi nimadan iborat?
5. Tovar ishlab chiqaruvchilarning o ‘ziga xosligi nimalardan iborat?
6. Tovar ishlab chiqarishning ziddiyatlari qanday hal qilinadi?
7.
Mehnatning «tabiiy» о ‘Ichovi qanday?
8. Mehnatning ijtimoiy о ‘Ichovi qanday?
9. Tovar almashinuvi va uning ziddiyatlari rivojlanishining tarixiy jarayon-
lari qanday?
10. Pulning tovar sifatidagi o'ziga xosligi nimadan iborat?
11. Oltinning demonitarizatsiyasi nima?
12. Ekonomiks zamonaviy pullar tabiatini qanday izohlaydi?
3-bob.
PUL TO‘G‘RISIDA NAZARIY
KONSEPSIYALARNING TARIXIY SHARHI
3.1. Pulning metallistik nazariyasi
Pul nazariyasi erkin raqobat vujudga kelgan davrdan ancha oldin paydo
bo‘lgan bo‘lib, ko‘p asrlik tarixga ega. Ushbu bobda asosiy pul konsep-
siyalarini — metallistik, nominalistik va miqdoriy pul nazariyalarini ko‘rib
chiqamiz. Bu bizga pul nazariyasining shakllanish mantiqi, turli zamo-
naviy iqtisodiy maktablarning tarixiy manbalarini tushunishga imkon beradi.
Pulning metallistik nazariyasi kurtaklari qadimgi antik davrda paydo
bo‘la boshlagan bo‘lsada, o‘rta asrlarda to‘liq shakllanib bo‘lgan. Bu
nazariyaning ilk namoyondalaridan biri XIV asr fransuz olimi N. Orem
edi. Metallistik nazariyaning keyingi rivojlanishi boshlang‘ich kapital
jam g‘arish (XVI—XVIII asrlar) davriga to ‘g‘ri kelib, bunda u tanga
pullarning buzilishiga qarshi kurashda m a’lum bir ijobiy rol o ‘ynadi.
Bu nazariya pulni qimmatbaho metallar, oltin va kumush bilan izohlaydi,
nazariya namoyondalari (Angliyada — U. Stafford, T. Men, D. Nors;
Fransiyada — A. Monkreten) tangalaming yemirilishiga qarshi chiqqanlar.
Pulning metallistik nazariyasining birinchi metamorfozasi XIX
asrning ikkinchi yarmiga tegishli bo‘lib, Germaniyada 1871—1873-
yillarda oltin tanga standartining kiritilishi bilan bog‘liqdir. Bunda nemis
iqtisodchilari (K. Knis va boshqalar) qimmatbaho metallarnigina emas,
balki metallga maydalanadigan markaziy bank banknotalarini ham pul,
deb hisoblaganlar.
Nazariyaning ikkinchi metamorfozasi birinchi jahon urushidan keyin
gi davrda boshlandi, uning namoyondalari oltin tanga standartini
o'rnatish mumkin emasligini tan olganlari holda, oltin monometal-
lizmining yangi qirqilgan shakllarini: oltin quyma va oltin deviz standar
tini kiritish uchun o‘z nazariyalarini asoslashga urindilar.
Pulning metallistik nazariyasining uchinchi metamorfozasi ikkinchi
jahon urushidan keyingi davrga to ‘g‘ri keladi. Fransuz iqtisodchilari
A. Tulemon, J. Ryueff va M. Debre hamda ingliz iqtisodchisi R. Xar-
rodlar oltin standartini xalqaro muomalaga kiritish zarurati haqidagi g'oyani
taklif qildilar, Amerika iqtisodchisi M. Galperin va fransuz iqtisodchisi
Sh. Rist uni ichki muomalaga kiritish haqidagi talabni ilgari surdi.
37
Pulning metall nazariyasi o‘zining eng tugal ko'rinishida uni milliy
boylik sifatida pul haqidagi ta’lim bilan bog‘lagan
Dostları ilə paylaş: |