Sh. Sh. Shodmonov



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/123
tarix28.09.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#129512
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   123
SH. SH. Pul nazariyasi

merkantilistlar
tomonidan 
shakllantirildi. Merkantilistlar xo‘jalik hayoti uchun qat’iy, barqaror pul, 
to‘la qiymatU tangalar zarurligini asosladilar, bu tovar ishlab chiqarish 
talablariga javob beradi. Merkantilist-metallistlar boylikni pulga, pulni 
esa qimmatli metallarga tenglashtiradilar. Ular pul o‘z tabiatiga ko‘ra, 
oltin, biroq oltin o‘z tabiatiga ko‘ra pul emasligini, qiymat belgilari pulning 
mohiyatini ma’lum vazifalarida — muomala va to‘lov vositasi vazifalarida 
namoyon bo‘lish shakli ekanligini tushunmadilar.
Bizning nazarimizda, metallizm nazariyasining xatoligi shundaki, 
birinchidan, jamiyat boyligining manbayi mehnat bilan yaratilgan 
moddiy n e’matlar yig‘indisi emas, balki oltin va kumush, deb hisob- 
langan; ikkinchidan, muomaladagi metall pullarni qog‘oz pullar bilan 
almashtirish zarurati va maqsadga muvofiqligi inkor qilingan.
Boshlang‘ich kapital jamg'arishning yakunlanishi bilan tashqi savdo 
boylikning o ‘sishida asosiy manba bo'lmay qoldi. Kapital kiritish va 
qo‘shilgan qiymat olish — boylikning o‘sish manbasi sifatida manufak- 
turalar va qishloq xo'jaligining roli tobora orta boshladi. Sanoatning 
rivojlanishi ichki bozorni rivojlanishini talab qilishi sababli merkantilizm 
tanqidchilari pulning metallistik nazariyasiga ham qarshi chiqdilar va 
ichki muomalada muomala xarajatlarini oshirib yuboradigan to ‘laqonli 
metall pullar kerak emas degan xulosaga keldilar. Fransiyada pulning 
metallistik nazariyasiga fiziokratlar va ularning izdoshlari qarshi chiqdilar 
(masalan, P. Buagilber).
Erkin raqobat va kapitalizm davrida qog‘oz pullarning paydo 
bo‘lishi va tarqalishi bilan metallistik nazariya tarafdorlari (masalan, 
nemis iqtisodchilari K. Knis, V. Leksie, A. Lansburg va b.) pul 
belgilarining muomalada bo‘lish imkoniyatini inkor etmadilar, biroq 
ularni albatta metall pulga almashtirishni talab qildilar. Bunda qog'oz 
pullar ayirboshlashning sof texnik vositalari sifatida, oltin va kumush 
esa tabiatiga ko‘ra pul sifatida ko‘rib chiqilgan. Inflatsiyaga qarshi 
yo‘naltirilgan pul islohotlari aynan shu tamoyillar bilan izohlanadi.
XIX asrning oxirlarida xalqaro hisob-kitoblar va pul muomalasi 
amaliyotiga yetakchi mamlakatlar valutalari tobora ko‘proq kiritila 
boshlandi, kredit pullarni bevosita oltinga emas, balki ularni deviz 
valutasiga ayirboshlashni nazarda tutadigan pul muomalasi oltin-deviz 
tizimi paydo bo ‘ldi. Pulning metallistik nazariyasi tasawuriga Avstro- 
Vengriyada 1879-yil va Hindistonda 1893-yili joriy qilingan bloklangan
chekanka tizimi ham kira olmadi. Muomalada bo‘lgan avstriya guldenlari
/
38


va hind rupiyalari qiymati, shuningdek, bu valutalar kursi ularning 
tarkibida boMgan kumush qiymatidan katta edi. Muomaladagi pul 
qiymati bilan uning tarkibidagi metall qiymati o'rtasidagi farq nominal 
pul nazariyasining rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Imperializm davrida bu 
nazariya ustunlikka ega bo'ldi. Neometallistlarning urushdan keyingi 
davrda pulning metallistik nazariyasini, oltin standartini qayta tiklash 
uchun qilgan harakatlari muvaffaqiyatli bo‘lib chiqmadi, chunki buning 
uchun na iqtisodiy, na siyosiy sharoitlar mavjud edi. Bu pul tizimlarini 
oltin ishlab chiqarishga bog‘liq qilib qo‘ygan va tezavratsiya xavflni 
(pulga talab) yaratgan bo‘lardi. Jahon valuta inqirozi va dunyodagi 
yetakchi mamlakatlarda to ‘lov balansi inqirozi XX asrning 60—70- 
yillarida pulning metallistik nazariyasiga uzil-kesil nuqta qo‘ydi.

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin