Sh. Sh. Shodmonov



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/123
tarix28.09.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#129512
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   123
SH. SH. Pul nazariyasi

1995. - 126-с.
/
40


yozadi. Uning fikricha
pul to ‘lov vositasi qonuni bilan belgilangan 
tartib o'rnatishdir. 
Har xil pul belgilarining ahamiyati yoki kuchi 
Knappning 
ta’kidlashicha, davlat hokimiyatining qonunlari, farmon 
va qarorlari 
bilan belgilanadi. Knapp qog‘oz pullar barcha munosa- 
batlarda 
metall pullar bilan teng qiymatga ega ekanliginiva shuning 
Uchun 
ham pul tizimi umuman, oltinga muhtoj emasligini isbotlashga 
harakat 
qiladi. Bu «Yangi pul nazariyasi» mohiyat jihatdan eski nomina- 
listlarning 
noto‘g ‘ri g'oyalarini takrorlaydi va rivojlantiradi. Knapp 
nazariyasi 
Germaniya imperializmi manfaatlarini ifodalagan bo'lib, 
Angliyaning «oltin gegemoniyasi»ga qarshi qaratilgan.
Bizning fikiimizcha, nominalistlarning pul tartib o‘matishdan iboratligi 
haqidagi fikri mutlaqo noto‘g‘ri, chunki haqiqatda pul stixiyaviy ravishda 
kishilarning xohish-irodalariga bog'liq bo‘lmagan holda davlat paydo 
bo'lgunga qadar, ayirboshlashning rivojlanishi jarayonida paydo bo‘ldi.
Pulning mohiyatini uning toiov vositasi vazifasidan keltirib chiqarishga 
urinish ham asossizdir. Birinchidan, pulning vazifalari uning mohiyatining 
namoyon bo‘lishidir; ikkinchidan, to‘lov vositasi vazifasining o‘zi boshqa 
vazifalarning qiymat o ‘lchovi, muomala vositasi va boylikni to ‘plash 
vositasi vazifalarining rivojlanishi natijasi hisoblanadi.
Davlat nominalistlarning fikriga zid o ‘laroq, pulni yaratmaydi, balki 
muomala sohasidagi haqiqiy pul o ‘rinbosarlarning to ‘lov quw atini 
qonuniylashtiradi, xolos. Davlat, albatta, chop etish uskunasidan foyda- 
lanib, pul belgilari chiqarishi mumkin, biroq u pulning haqiqiy xarid 
va to ‘lov quwatini belgilashda mutlaqo kuchsizdir.
Knapp va uning izdoshlari o ‘z nazariyalarida ish haqini muzlatib 
qo‘yish tajribasini yoqlaydilar, unga ko'ra qog'oz pullar qadrsizlanganda, 
ishchilarga oldingi pul summasida ish haqi to‘lanadi. Bu pulga ular 
kam miqdordagi iste’mol buyumlari sotib olishlari mumkin bo'ladi. 
Nominalistik nazariya mohiyat jihatdan 
qog'oz 
pullar qadrsizlanishini 
ishchilar hisobidan qoplash yo'lini ko'rsatganlar.
Bizning nazarimizda nominalistlar davlat pul nazariyasining xato- 
ligini yana shunday asoslash mumkinki, birinchidan, pul huquqiy emas, 
balki iqtisodiy tushunchadir. Ikkinchidan, m etall pullar mustaqil 
qiymatga ega bo‘ladi, uni davlatdan olmaydi, qog‘oz pullarning vakillik 
qiymati ham davlat tomonidan belgilanmaydi, balki obyektiv iqtisodiy 
qonunlar bilan belgilanadi.
1929-1933-yillardagi iqtisodiy tanazzul davrida nominalizm yanada 
rivojlandi va oltin standartidan voz kechishni oqlash uchun nazariy 
asos sifatida tanildi. J.M. Keyns 

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin