3.3. Pulning miqdoriy nazariyasi
Erkin raqobat kapitalizmi davrida (X V III-X IX asrlar) ustunlik
qilgan «qadriyatli to ‘r» konsepsiyasi pulning miqdoriy nazariyasida eng
yorqin ifodasini topgan.
Bu nazariyaga ko‘ra muomaladagi to'lov vositalari miqdorining
o'zgarishi tovarlar narxi darajasiga bevosita va proporsional ta’sir ko‘rsatadi.
Pul munosabatlari real (moddiy-buyum) jarayonlar uchun «to‘r» bo‘lib
xizmat ko!rsatadi va iqtisodiy rivojlanishga hech qanday ta’sir ko'rsatmaydi.
Keyinchalik pulning miqdoriy nazariyasi bozor iqtisodiyotining ichki
1 Жукова Е.Ф. Обшая теория денег. — М.: «Банки и биржи», ЮНИТИ,
1 9 9 5 ,- 126-с.
/
42
koordinatsiyasi, uning narx dinamikasi va raqobat mexanizmi asosida
o ‘zini-o‘zi samarali tartibga solish qobiliyati haqidagi g‘oya tarafdori
bo'lgan neoklassik konsepsiyaning muhim bir qismiga aylandi.
Miqdoriy nazariya pulning qiymati va mos ravishda tovar narxlari
darajasini pul miqdorining o'lcham i bilan izohlaydi: muomalada pul
qanchalik ko‘p bo‘lsa, narx shunchalik yuqori bo‘ladi va aksincha. Bu
qonuniyat qog‘oz pullarga ham , metall pullarga ham taalluqli. Bu
nazariyaning ilk namoyondalari Sp.L. Monteske va D.Yum (XVIII asr
o'rtalari) bu qonuniyatlami XVI—XVII asrlarda Yevropa boshidan
kechirgan «narx inqilobi»dan ozod qildi. Bu nazariyadan oltin va ku-
mush to ‘plash millatni boy qiladi degan fikr tarafdori bo‘lgan merkan-
tilistlarni tanqid qilish uchun foydalanilgan. Pulning miqdoriy nazariyasi
tarafdorlarining fikriga ko‘ra bunday jamg‘arish natijasida qimmatbaho
metall qadrsizlanadi va tovarlar narxi o ‘sadi. Millatning haqiqiy boyligi
oltin va kumushning jonsiz to ‘plamida emas, balki manufakturalar
yaratish va ularda jonli mehnatni qo‘llashdan iborat. Miqdoriy pul
nazariyasining XVIII asrdagi yorqin namoyondasi D. Rikardodir.
Shuni ta’kidlash lozimki, uning qarashlari ikki tomonlama tavsifga
ega bo‘ldi: bir tomondan, u pulning qiymati ularni ishlab chiqarishga
m ehnat sarflari bilan aniqlanishini tan olgan, ikkinchi tomondan esa
alohida davrlarda pul birligining qiymati pul miqdori o'zgarishlariga
bog‘liq ravishda o ‘zgaradi, deb hisoblagan.
D. Rikardo pul ham tovar hisoblanadi va o ‘z qiymatiga ega bo‘ladi,
pulning qiymati uni ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnatning miq
dori bilan aniqlanadi, deb to‘g‘ri fikr bildiradi. Biroq u pulning alohida
tovar ekanligini ko‘ra bilmaydi. U pulning nisbiy qiymati talab va
taklif ta ’sirida istalgan tovarning nisbiy qiymati singari o‘zgaradi, deb
hisoblaydi. Pul alohida umumiy tovar bo'lgani uchun talab buyumi
ham, taklif buyumi ham bo‘la olmasligini tushunmaydi.
Rikardo pulni faqat muomala vositasi sifatidagi vazifasida ko‘radi,
boylik to ‘plash vositasi sifatidagi vazifasini esa yo'qqa chiqaradi. Uning
fikricha, pul muomalasi sohasining pul bilan ortiqcha to‘ldirilishi tufayli
uning qadrsizlanishi imkoniyati vujudga keladi. U qog'oz pul muomalasi
qonuni bilan metall pul muomalasi qonunlarining farqiga bormaydi.
Pulning miqdoriy nazariyasi tarafdorlari nafaqat pulning qiymat olchovi
sifatidagi funksiyalarini, balki metall muomaladagi pul miqdorini tartibga
soluvchi xazina sifatidagi funksiyasini ham inkor qiladilar. Pulning
miqdoriy nazariyasi nafaqat metall, balki qog‘oz pullarga nisbatan
ham asossiz, chunki ularning muomalada bo'lish qonuniyatlari faqat
43
ular qiymatining mehnat nazariyasi asosida ochib berilishi mumkin.
Yuqoridagi nazariyalarni umumlashtirgan holda shuni aytish mumkinki,
pul tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning rivojlanishi bilan vujudga
kelgan.
Yuqorida keltirflgan nazariyalarning kamchiliklarini qisqa qilib
tushuntiradigan bo‘lsak, pulning alohida tovar sifatidagi mohiyatini hech
bir nazariya to‘g‘ri va batafsil yoritmaganligini ta’kidlab ko'rsatish mum-
kin. Natijada metallistlar pulning nima uchun qimmatbaho boylik
ekanligini, uning tub negizida nima yotishini tushunib yetishmagan,
pulning mohiyatini yuzaki namoyon bo‘lish shakllarida ko'rishgan.
Nominalistlar bo‘lsa, qog‘oz pullarni inkor etmagani holda nima uchun
ularning qimmatli ekanligini izohlab bera olmadilar, ular ham metal
listlar kabi pulni yuzaki tushunib, davlat tomonidan chiqarilgan pul
faqat shartli belgi va hisob birliklarinigina ifodalaydi, deb ko‘rsatishadi.
Yuqorida ko‘rsatganimizdek, klassiklar ham pulning alohida tovar ekanligini
va boshqa tovarlardan uning ana shu maxsus xususiyati ajratib turishini
tushuntirib bera olmadi. Hozirgi davrda, shu kunlarda ham oltin pul
mazmuni bilan qog‘oz pul mazmunini bir xil deb qarovchilar juda ko'pdir.
Zamonaviy sharoitlarda pulning miqdoriy nazariyasi juda keng
qo‘llanilmoqda. G ‘arb mamlakatlarining iqtisodchilari va ishbilarmon
doiralar vakillari uni davlatning iqtisodiyotga aralashuvi, pul muomalasi
va butun sanoat sikliga ta’sir uchun ko'rsatma sifatida ko‘rib chiqadilar.
Aynan pul massasini tartibga solishda tovarlar narx darajasi va xo‘jalik
faolligi holatiga ta’sir usuli ko‘zda tutiladi. Ushbu ta’sir usullarini ishab
chiqqan Dj.M. Keyns pulning miqdoriy nazariyasini konyunktura
nazariyasi bilan bog‘lash zarurhgini ko‘rsatgan. Muomala sohasi orqali
sanoat sikli harakatiga ta’sirini Keyns va uning izdoshlari quyidagi tarz
da belgilagan. Muomaladagi pul massasi va kredit resurslari hajmining
o'sishi ortidan iqtisodiyotning jonlanishi, foyda va bandlikning o‘sishi
keladi. Bunday jonlanishga bank foizining pasayishi xizmat qilishi mumkin,
u kreditga talab va investitsiyalarni, shuningdek, taqchillikni moliyalash-
tirishni, ya’ni u yoki bu tovarlarga hukumat talabini kengaytirishni
rag‘batlantiradi. Hukumat xarajatlari, pul muomalasi hajmini oshirib,
iqtisodiyotning jonlanishiga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.
Keyns nazariyasi tarafdorlari miqdoriy nazariyaning yangi variantini
— ortiqcha talab nazariyasini ilgari surdilar, unga muvofiq inflatsiya
sababi pul massasi va hukumat xarajatlarining o‘sishida emas, balki
aholining ortiqcha talabi o‘sishida («ortiqcha talab»ning paydo bo‘li-
shida) yotadi. Ular shu ortiqcha talabni soliqlami oshirish, zayomlar
/
44
chiqarish, ish haqini muzlatib qo‘yish, shuningdek, majburiy jamg‘ar-
malar yordamida qisqartirishni taklif qiladilar.
Ortiqcha talabga qarshi kurash g‘arb mamlakatlarida keng qo'lla-
nilgan. Ortiqcha talabni yo‘qotishning turli usullari keng qo‘llangan,
masalan, Buyuk Britaniyada 1967-yilning kuzida funt sterling deval-
vatsiyasidan so‘ng o ‘tkazilgan. Biroq miqdoriy pul nazariyasi retseptlari
kapitalistik dunyoda chuqur valuta inqirozi va inflatsiyaning o‘sishiga
to‘sqinlik qila olmadi.
Dostları ilə paylaş: |