Sey ayniyati va qonuni. Pulning miqdoriy nazariyasi takror ishlab
chiqarish klassik modeliga uyg‘unlik bilan kirishib ketadi. U mukammal
raqobat va to ‘liq narx elastikligi sharoitlarida bozorlarda avtomatik
ravishda tashqaridan hech qanday aralashuvlarsiz barcha ishlab chiqarish
resurslaridan to ‘liq foydalangan holda muvozanatlashadi. Bu tasawurlar
J.B. Sey nazariyasini amalga oshirishda o‘z aksini topgan. U tovar
bozorlarida talab va taklifning to ‘liq mos kelish tamoyilini bildiradi.
Biroq bu qonun turlicha tanqidlarga uchradi: ayniyatdan Sey qonu-
nigacha Sey ayniyatini algebraik ko'rinishda ifodalash mumkin:
1 ^ = 0
/--I
bunda:
X f d — X tovarga ortiqcha talab.
Klassik yo'nalishning zamonaviy izdoshlari talab va taklif faqat yakuniy
hisobda mos keladi degan farazga amal qiladilar. Bu bozoming permanent
holati emas, balki uning yakuniy muvozanat sharoiti xolos. Bunday talqinda
vaqtinchalik muvozanatsizlik, ortiqcha talab yoki taklif imkoniyati paydo
, bo‘ladi. Biroq bu nomutanosibliklar qisqa muddatli xarakterga ega bo‘lib,
erkin bozor xo‘jaligi pirovardida muvozanatga erishadi.
Siyosiy iqtisod matematik maktabining yirik vakili, xalqaro iqtisodiy
jamiyat asoschilaridan biri va uning birinchi prezidenti (1931—1933)
Irving Fisher (1867-1947) pullarning miqdoriy nazariyasini zamonaviylashtirishga
katta hissa qo‘shdi. U «Pullarning xarid qilish kuchi. Uning belgilanishi
va kredit, foizlar va tanazzullarga munosabati» asarida (1911) pullar
massasi bilan tovarlar narxlari darajasi o'rtasidagi bog‘liqlikni formallash-
tirishga harakat qilgan. Tovarlar uchun to‘langan pullar soni va sotilgan
tovarlar narxlari summasi teng bo'lgani uchun buni I. Fisher tarozi
bilan o‘xshatmoqchi bo'ladi.
Ayirboshlash tenglamasini matematik ko‘rinishida ifodalash mumkin: