Sh. Sh. Shodmonov



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/123
tarix28.09.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#129512
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   123
SH. SH. Pul nazariyasi

7-chizma. Pul omillari
harakatining ko‘rinishi.
6-chizma. Keyns modelida
bo‘Igan talabning elastikligi.
56


Ipu 
JS
egri chizig'ining chapga siljishiga, demak, yakuniy mahsulotning 
P'llehiga olib keladi. Aksincha, agar 
IS
egri chizig‘i 
L M egri
chizig‘ini 
ptrtikal qismda kesib o‘tadigan bo‘lsa, model klassik ko‘rinishga ega 
bo'ladi: tovar sektorida talabning o ‘sishi foiz m e’yorining o ‘sishiga 
Olib keladi, biroq ishlab chiqarish darajasiga ta’sir etmaydi. Pul omillari 
bevosita nominal daromad miqdoriga, uning narx komponentiga ta ’sir 
Ctadi, bu esa miqdoriy nazariyaga xos.
i,
4.3. Pulning Keynscha va neoklassik nazariyasi sintezi
Keyns nazariyasining rivojlanishi uni shunday talqin qilishga olib 
fceldiki, bunda u neoklassik pul nazariyasi (mikroiqtisodiyot) va neoklassik 
miqdoriy nazariyaga juda o‘xshab ketdi. Bu model keyns-neoklassik 
sintez deb atala boshlandi. Awalo bu sintez iste’mol funksiyasi nazariya- 
siga Pigu samarasini (yoki boylik samarasini) kiritish bilan tavsiflanadi.
Pigu samarasini
unga muvofiq umumiy rejadagi iste’mol xarajatlari 
xususiy sektor real sof boyligining funksiyasi hisoblanadigan nazariyasi 
sifatida izohlash mumkin. Bu tovarlar bozorida real kassa qoldiqlari 
samarasining boshqacha varianti bo‘lib, bu yerda puldan tashqari 
boylikning boshqa shakllari ham moliyaviy aktivlar (masalan, obligatsiya) 
va tabiiy aktivlar (asbob-uskunalar, turar-joylar) shaklida tahlil qilinadi.
Mikrodarajada Pigu samarasi nazariyasi hozirgi kun va kelajak 
o'rtasida iste’mol xarajatlarini taqsimlashda foydalilikni maksimal- 
lashtirishga yo‘naltirilgan individ strategiyasidan kelib chiqadi, bundan 
xulosa chiqarish mumkinki, iste’mol to ‘plangan boylik summasining 
funksiyasi hisoblanadi. Boshqa barcha shartlar bir xil bo‘lganda real 
boylikning o ‘sishi real iste’molning o ‘sishiga olib keladi. Piguning 
ta’kidlashicha, aktivlarga ega bo‘lishning o‘zi xuddi insonning jamiyatda 
egallagan o ‘rni kabi o ‘zidan-o‘zi foydalilik keltirmaydi. Foiz stavkasi 
hattoki nolga teng bo‘lganda ham jamg‘armalar musbat qiymatga ega 
bo‘ladi, degan fikrni bildiruvchi Keyns gipotezasining negizi aynan 
shu yerda, chunki 
IS
egri chizig‘i gorizontal o‘qni kesib o ‘tadi. Piguning 
fikriga ko‘ra, boylikdan olinadigan qoniqish pasayuvchi eng yuqori 
foydalilik qoidasiga bo ‘ysunadi: individ boyligining real qiymati 
qanchalik yuqori bo‘lsa, bu boylikning o ‘sishidan olinadigan foyda, 
jamg‘armalarning foydalilik darajasi shunchalik past bo‘ladi. Demak, 
boshqa shartlar bir xil bo‘lganda, real boylikning o ‘sishi individni ko‘proq 
iste’mol qilish va kamroq jamg'arishga majbur qiladi. Shunday ekan
iste’mol boylikka nisbatan yomonroq ne’mat emas.
57


Makrodarajada keyns-neoklassik sintez modellari Pigu samarasini 
ajratib turuvchi jihat sifatida qamrab oladi. Biz oldinroq Keynsning 
rejadagi real iste’mol xarajatlari faqat bitta real daromadning fimksiyasi 
hisoblanadi degan qoidasini ко‘rib chiqqan edik:

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin