haqidagi farmoni chiqdi. Bunda so‘m-kuponlar 1994-yil 1-avgustgacha
muomalada bo‘ldi va har qanday cheklovlarsiz 1000:1 ga muvofiq
ravishda yangi so‘mga almashtirildi. So‘m-kuponlar muomala uchun
zarur bo‘lgan pul massasini aniqlash, shuningdek, hududiy tarzda, milliy
valutaga o‘tish mexanizmni ishlab chiqishga yordam berdi. So‘m
0 ‘zbekistonning barcha hududlarida qonuniy to‘lov vositasi bo‘lgan
yagona valutaga aylandi.
So‘m naqd pul muomalasida 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy
Banki banknotasi ko‘rinishida 1, 3, 5, 10, 25, 50,100 so‘m va 1, 3, 5,
10, 25, 50 tiyin metall tangalar qiymatida chiqarila boshladi. 1996-
yilga kelib inflatsion jarayonlartufayli amaliyotda muomalada faqatgina
50 va 100 so‘mliklar qoldi.
Bundan tashqari, 1997-yilda 200 so‘mlik,
1999-yilda 500 so'mlik, 2001-yilda 1000 so‘mlik kupyuralar chiqarildi.
Bundan tashqari, zamonaviy pullar pul metali bilan bog‘liq emas
ekan, so‘mda oltin tarkibi o‘rnatilmagan va milliy valutaning xorijiy pul
birliklariga bo‘lgan rasmiy kursi 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki
( 0 ‘zR MB) tomonidan aniqlanadi va har haftada ommaviy bosmalarda
chop etiladi. Banknot va tangalar 0 ‘zR MB tomonidan tasdiqlanadi.
Milliy valutaning muomalaga kiritilishi bilan shaxsiy, mustaqil,
moliyaviy va pul-kredit,
umuman olganda, barcha iqtisodiy siyosatni
amalga oshirishning real mexanizmi yuzaga keldi va u iqtisodiyotni
barqarorlashtirish, korxona va tarmoqlaming moliyaviy holatini musmah-
kamlash, aholini ijtimoiy himoyalashning va respublika iste’mol bozo-
rining muhim omiliga aylandi. Shuning uchun ham 1994-yildagi pul
islohotlarini ijobiy natija bergan holat sifatida baholash mumkin. Bundan
tashqari, u inflatsion jarayonlar yuzaga kelishga xizmat qilishi mumkin
emas, chunki, uning asosiy sabablariga daxldor emas.
0 ‘zbekiston Respublikasida inqirozning yuzaga kelishi xususiyatlari
ishlab chiqarishning o‘zida inqiroz moliyaviy inqiroz qo‘yish va ularni
butun iqtisodiy tizim inqiroz bilan qo'shishdir, bu esa rejali markaziy
tizimdan bozor tizimiga o'tishning zaruriy shartidir.
Bularning barchasi
makroiqtisodiy destabilizatsiyaning uzoq, murakkab xarakterini oldindan
aniqlab beradi. Shulardan kelib chiqqan holda 0 ‘zbekiston Respub-
likasining makroiqtisodiy siyosati o‘rnatiladi.
0 ‘zbekiston rahbariyati qat’iy monitar siyosat olib borish masalasini
to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘yishi mumkin emasdi va unday qilmadi ham, buning
sababi birinchidan, awalo uning yuritilishi
uchun bozor instrumentlari
yaratilmagan edi, ikkinchidan, bu qo‘shimcha ijtimoiy sarflar («shoklar»)
ga olib kelishi mumkin edi, uchinchidan, ochiq inflatsiyaning bo‘g‘iq
136
inflatsiyaga aylanishiga sabab bo'lardi. Shuning uchun ham ishlab
chiqilgan barqaror dastur chuqur tuzilmaviy o'zgarishlarni amalga oshi
rish, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini qo'llab-quwatlash, kichik
va o‘rta biznesni
rivojlantirish, ishlab chiqarish doirasida krizis holatidan
chiqish, iqtisodiyotda yaxlit moliyaviy sog‘lomlikga erishish zaruratlarni
hisobga olgan holda barqarorlashgan, egiluvchan monitar siyosatni
yuritishni nazarda tutdi. Shuning uchun talab qat’iy qamrovining salbiy
oqibatlaridan — to‘lovsizlik krizisi, inflatsion faoliyatning qotib qolishi,
qisqa muddatda ishlab chiqarishning juda tushib ketishi,
ishsizlikning
o‘sishi, aholi real ehtiyojining pasayishi, ijtimoiy va siyosiy beqaror-
liklardan chiqib ketishga erishildi.
Dostları ilə paylaş: