birinchi k o ‘rinishiga misol qilib bir metalldan
(kam qiymatli) boshqasiga (qiymatlirog‘iga) o‘tishni keltirish mumkin.
Masalan, miss pullardan kumushga, kumushdan oltinga yoki bime-
talizmdan monometalizmga va undan oltin quymalari va oltindevizli
pul standartiga o‘tish. Dastlab oltin tangali standart XIX asr boshlarida
Buyuk Britaniyada joriy qilingan va shu asrning ikkinchi yarmida Yev-
ropa va Osiyoning boshqa mamlakatlariga ham tarqaldi. Rossiyada
oltin monopolizmi 1895—97-yiIlardagi pul islohotlari natijasida kirib
keldi va kapitalizm rivojlanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.
Pul islohotlarining ikkinchi ko‘rinishiga misol qilib, 1695-yilda Buyuk
Britaniyada qabul qilingan o‘z dastlabki qiymatini yo‘qotgan eski
tangalarning yangisini chiqarish uchun topshirish haqidagi qonunni
keltirish mumkin. Buyuk Britaniyada kapitalizmni rivojlantirish barqaror,
to‘la qiymatga ega bo‘lgan pullarni talab qilar edi.
Uchinchi k o ‘rinisM agi pul islohotlariga 1913-yilda AQSHdagi pul
emissiyasi tartibining o‘zgarishini misol qilib keltirish mumkin. 0 ‘sha
paytda banknot chiqarish huquqini 12 federal zaxira banklari olgan
edilar.
Pul muomalasini barqarorlashtirish va qisman tartibga solish
to ‘rtin- chi k o ‘rinishni aks ettiradi. U turli usullar bilan amalga oshirilishi
mumkin:
deflyatsiya — ortiqcha qog‘oz pullarni muomaladan chiqarish
yo‘li bilan pul massasini kamaytirish;
nullifikatsiya — eski pul belgilarini
bekor qilish va kam miqdorda yangilarini chiqarish;
dinominatsiya — pul belgilari ustiga yozilgan qiymati ularning aniq munosabati bo'yicha
yangisiga, yanada yirikroq pul birligiga narx, ta’rif, ish haqi va boshqalar
bir vaqtdagi hisobi bilan (xuddi shunday munosabatda) almashtirib
o‘zgartirish;
devalvatsiya — pul birligining metall mazmunini kamaytirish
yoki metallga yoki xorij valutasiga munosabat bo‘yicha qog‘oz pullar
kursining pasayishi;