Sh. Sh. Shodmonov


(«Pul haqida traktat», 1930-y.)



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/123
tarix28.09.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#129512
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   123
SH. SH. Pul nazariyasi

(«Pul haqida traktat», 1930-y.) 
oltin
41


pullarni «vuzlik qoldiqlari», 
«Aravaning beshinchi g‘ildiragi», 
deb e’lon 
qildi1. Oltinga nisbatan elastikroq bo'lgan qog'oz pullarni u ideal, deb 
hisoblaydi va ular jamiyatning doimiy gullab-yashnashini ta’minlaslilari 
kerak, deb ko‘rsatadi. Qog‘oz pullarning oltinni muomaladan siqib 
chiqarishiga u pulning oltindan ustunligi va nominalizmning g'alabasi 
sifatida qaraydi. Pulning nominalistik va davlat nazariyasi budjet 
xarajatlarini moliyalashtirishning inflatsion usullarini nazariy asoslash 
uchun foydalanilgan. Pul davlat nazariyasi fashistlar Germaniyasi rasmiy 
mafkurasining elementlaridan biri sifatida namoyon bo‘lib, uning 
yordamida bosib olingan mamlakatlar bilan hisob-kitobning bosqinchilik 
shakllarini oqlashga harakat qilingan.
1960-yillardagi valuta inqiroziga qadar pulning nom inalistik 
nazariyasi mamlakatlarning ichki muomala sohasida oltinni «taxtdan 
tushirish», uni qog‘oz pullar bilan almashtirishga yo‘naltirilgan edi. 
1960-yillarda to‘lov balansi taqchilligini bartaraf qilish uchun mablag‘- 
larni yaratishning nominalistik loyihalari paydo bo‘ldi. 1967-yilda XVF 
maxsus o ‘zlashtirish huquqlarini — SDR (Special drawing rights) — 
kredit zaxira pul birliklarini chiqardi. Oltin xalqaro hisob-kitoblardan 
ham siqib chiqarila boshlandi.
Fikrimizcha, Keyns nominalizmming amaliy maqsadi oltin stan- 
dartidan voz kechilganligini, qog‘oz pullar muomalasiga o‘tilganligini 
nazariy jihatdan asoslash va inflatsiya jarayonlarini boshqarish orqali 
iqtisodiyotni tartibga solishdan iborat boMgan. Shunday qilib, nomi­
nalizmning barcha ko‘rinishlariga bir xil kamchiliklar xosdir: pulning 
tovar sifatidagi kelib chiqishini tan olmaslik, uning muhim vazifalarini 
inkor qilish, pulni narx masshtabi, ideal hisob birligi ta’riflashdir.

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin