147
muslimin», «Miftox-ul-islom», «Sho‘royi Islom», «Sho‘royi Ulamo»,
«Temur to‘dasi», «Erk sotsialistik partiyasi», «Jadid taraqqiyparvar
partiyasi», «Chig‘atoy gurungi» kabi partiyalar,
uyushmalar va
jamiyatlar faoliyat ko‘rsatdi. bunday tashkilotlardan 20 tachasi
toshkent shahrida ish boshladi.
yuqorida aytilganidek, Rossiya mustamlakachiligi turkiston –
O‘zbekistonda ijtimoiy turg‘unlikning
barqaror davom etishiga
olib keldi. Jahon ijtimoiy-siyosiy jarayonlarida faol ishtirok etish
uchun mahalliy kuchlarni birlashtirish qiyinlashdi. bunday sharoitda
kuchlarning bo‘lib yuborilishi, o‘zaro
muxolifliklar va mojarolar
yuz berishiga imkoniyat yaratildi, aniqrog‘i, shunday muhit vujudga
keltirildi. petrograddagi Fevral inqilobi bu jarayonlarni o‘tkirlashtirgan
bo‘lsa, Oktabr to‘ntarishi ularni yanada keskinlashtirdi.
sovet hokimiyati turkistonda rus bolsheviklari
1
tomonidan
zo‘ravonlik yo‘li bilan o‘rnatildi. ular hokimiyatga kelib met-
ropoliyada ham, chekka mustamlaka o‘lkalarda
ham biroz
o‘zgartirilgan holda marksizm ta’limotini hayotga tatbiq eta
boshladilar.
k.marks kapitalizmni o‘z ichki ziddiyat-
lariga o‘ralashib qolgan, salohiyatini
oxir-oqibatda tugatadigan tuzum hisoblab,
uning go‘rkovini yo‘qsillarda ko‘rdi. yo‘qsillar zo‘ravonlik
bilan
o‘rnatgan proletariat diktaturasi davlati xususiy mulkdorlar qarshiligini
sindiradi, qurilgan sotsialistik
2
jamiyat keyinroq o‘zining yuqori
1
bolshevizm Rossiyadan boshqa joyda Oktabr to‘ntarishiga
qadar
bo‘lmagan. keyinroq bu yo‘nalishda tuzila boshlangan kommunistik partiyalar
so‘l sotsialistlardan, anarxistlardan, patsifistlardan tashkil topgan.
2
«sotsializm» atamasi (lotincha socialis – ijtimoiy) hech qachon
bir xil
ma’noli bo‘lmagan. burjuaziyaga qarshi ma’noda uni birinchi marta angliyada
1822-yilda e. kuper qo‘lladi. 1827-yilda R. quen kooperativ harakati tarafdorlari
«sotsialistlar» deb ataldi. Fransiyada 1832-yilda sen-semon va uning izdoshlari
ta’limotini «sotsializm» deb, «glob» jurnali yozadi. sh. Furening 1833-yilda
bosilib chiqqan «sanoat islohoti» kitobida ham sotsializm haqida gapiriladi.1836-
yilda Fransiyada chiqadigan «ikki dunyo jurnali»da l. Reybo «hozirgi
sotsialistlarga» bag‘ishlangan qator maqolalarida sotsialistik fikrni tahlil qilgan.
1840-yillarga kelib sotsializm g‘oyalari yevropada keng tarqaldi hamda ishlab
chiqarish vositalari va ayirboshni umumlashtirish yordamida davlat rahbarligida
insoniyat jamiyatni isloh qilishga qaratilgan nazariyalar majmuasini bildirdi.
Dostları ilə paylaş: