Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/215
tarix01.03.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#123698
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

nazariyaning 
kemtikligi
vi bob. Jamiyat va sivilizatsiya
www.ziyouz.com kutubxonasi


148
bosqichiga – kommunizmga

o‘tganida sinflar yo‘qoladi, hech qanday 
davlatga zaruriyat qolmaydi va erkinlik davri boshlanadi.
marksistik nazariyadagi bu mantiq va barcha mamlakatlar 
yo‘qsillarini birlashtirish g‘oyasi inqilobiy kuchlar tomonidan qabul 
qilindi. lekin marksizmda kapitalizmning boshqa holatlarga kirishi, 
xususan, zarur islohotlar o‘tkazish, yangi shakllarning berishi hisobga 
olinmagan edi.
Rus inqilobchilari sardori lenin mark-
sizmdan Rossiyada ijtimoiy to‘ntarish 
qilishda foydalandi. petrogradda nisbatan 
osonlik bilan muvaqqat hukumatdan 
(uning ko‘pgina vazirlari angliyadagi Oksford va parijdagi sorbonno 
kabi oliy maqomdagi universitetlarni bitirgan ziyolilar edilar) 
hokimiyatni qurolli yo‘l bilan tortib olgan bolsheviklar mavjud 
dahshatli qiyinchiliklarni bartaraf qilishga ko‘pdan ko‘p va’dalar 
berib, boshlanib ketgan fuqarolar urushida ustun keldi. inqilobchilar 
umid qilgan «jahon inqilobi» yuz bermadi. 
lenin, keyin stalin boshchiligida bolsheviklar insoniyat tarixida 
misli ko‘rilmagan eksperimentni boshlab yubordi, kapitalga qarshi 
zafarli yurish boshlandi. qo‘li ustun kelgan kommunistlar vayron 
bo‘lgan mamlakatda hayotni izga solish uchun bir-biridan dahshatli 
yo‘llar va vositalarni ishga solishdi.
mulkdorlarning qo‘lidagi boylikni tortib olib, xo‘jalik hayoti 
ustidan ishchi nazorati o‘rnatdilar. qishloqda kambag‘allar boylarga 
qarshi qo‘yilib, ularning barcha mulklari kolxozga – jamoa xo‘jaligiga 
olib berildi. O‘zlari esa qul o‘rnida ishlatildi. zavodlar bevosita 
1
«kommunizm» (lotincha communis – umumiy) atamasi ham ko‘p ma’noli. 
unda, asosan, xususiy mulkchilikning bekor qilinishi asosida umumiylikka 
erishishi tushuniladi. Kommunistik hayot tarzlari g‘oyasi Aflotunning «Davlat» 
asarida ham muhim o‘rin tutgan. yevropada uyg‘onish davrida mutafakkirlar 
t. morning «utopiya», t. kampanellaning «quyosh shahri» asarlarida ideal 
sifatida qaytadan ko‘tarib chiqilgan. Babyof (1760–1797) uni falsafiy g‘oyagina 
deb qaramay, balki Fransiyada direktoriya hokimiyati o‘rniga o‘rnatiladigan 
kommunistik rejimning siyosiy dasturi tarzida qaragan. 1839-yilda parij 
qo‘zg‘olonidan keyin kommunizm nazariy-siyosiy muammo sifatida katta 
o‘rin tutdi. marks va engelsning proletar kommunizmi nazariyasida birinchi 
marta iste’mol ne’matlarinigina emas, balki ishlab chiqarish vositalarini ham 
umumlashtirish g‘oyalari ilgari surilgan.

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin