Sifat so’z turkumi Sifatning morfologik xususiyatlari



Yüklə 44,38 Kb.
səhifə4/15
tarix24.09.2023
ölçüsü44,38 Kb.
#129347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Sifat so’z turkumi Sifatning morfologik xususiyatlari-hozir.org

2. Qiyosiy daraja
Belgining me’yordan biroz kam ekanligini qiyosan ifodalaydigan sifat shakli qiyosiy daraja shakli sanaladi . Sifatlarning 
qiyosiy darajasi oddiy darajadagi sifatlarga -roq qo’shimchasini qo’shish bilan hosil qilinadi . Bu morfologik usul sanaladi .
Mazkur qoidani quyidagi matematik ifodada ham aks ettirish mumkin : oddiy daraja+roq===qiyosiy daraja 
Narxi arzon+roq , ammo sifati yaxshi emas-da ! Havosi sovuq+roq , ammo tabiati yaxshi ekan .
Ba’zan -roq qo’shimchasi be’lgining me’yordan biroz ko’pligini ham ifodalashi mumkin . Bunda chog’ishtiriluvchi narsaning 
nomi chiqish yoki jo’nalish kelishigida bo’lib , ko’ra , qaraganda , nisbatan so’zlari bilan birga keladi .
Po’lat temir+dan qattiq+roq . Karim men+ga qaraganda sabrli+roq . Surxondaryo Xorazm+ga nisbatan issiq+roq .
Diqqat!!! -roq qo’shimchasi sifatdan tashqari , ravish , sifatdosh , ravishdoshga ham qo’shilib , ular anglatgan belgini qiyoslab
kelishi ham mumkin : erta+roq , kech+roq , tez+roq , sekin+roq , qarigan+roq , kulib+roq , qiynalib+roq , qizarib+roq 
Sizni sal tanimay+roq turibman . U nimadandir (cho’chigan , hovliqqan)+roq ko’rinardi .
3. Ozaytirma daraja 
Belgining me’yordan kam ekanligini bildiruvchi sifat shakli ozaytirma daraja shakli hisoblanadi . . Ozaytirma daraja quyidagi
usullar bilan hosil qilinadi : 


a) morfologik usul. 
Oddiy darajadagi sifatlardan keyin -imtir(-mtir) , -ish , -tob , -gina(-kina , -qina) qo’shimchalarini qo’llash orqali hosil qilinadi .
Rang sifatlari 

-ish qo’shimchasi


-imtir(-mtir) qo’shimchasi 
Oq

Oqish
Oqimtir

Oq+ish , oq+imtir
Qora

---
Qoramtir 


Qora+mtir
Qizil

Qizg’ish


Qizg’imtir 
Qizil+ish , qizil+imtir
Sariq

Sarg’ish


Sarg’imtir 
Sariq+ish , sariq+imtir
Ko’k

Ko’kish
Ko’kimtir 


Ko’k+ish , ko’k+imtir
Yashil

---
---


U yaxshi+gina qo’shiq aytar ekan . Kichik+kina darvozadan qaddi egilgan chol zo’rg’a chiqdi . Ikkialamiz yumshoq+qina ajriq 


ustida yonboshladik .

b) leksik usul 
oddiy darajadagi sifat oldidan(sifat oldidan!!!) sal(sag’al) , picha , xiyol , andak , oz-moz , biroz , jindak , xiyla(?) , qittak , och , 
nim so’zlarini qo’llash orqali
sal oson , sag’al katta , picha yaxshi , andak yengil , oz-moz qimmat , jindak oriq , xiyla eski , qittak kalta , och sariq , nim 
qorong’i , nim oydin



Diqqat!!! Sal , picha , xiyla , xiyol , andak , oz-moz , biroz , jindak kabi so’zlar fe’lga bog’lanib kelsa , hol vazifasida qo’llangan


ravishlar sanaladi . Sal kechikding . Biroz dam oldik . Xiyla kutdi . 



Yüklə 44,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin