C) leksik-morfologik usul: sal ko’kish, xiyol kattaroq, biroz chiroyliroq
4. Orttirma daraja
Belgining me’yordan ortiq ekanligini bildirgan sifat shakli orttirma daraja shakli deyiladi . Sifatning orttirma darajasi
quyidagi yo’llar bilan hosil bo’ladi :
a) leksik usul
Oddiy darajadagi sifat oldidan(sifat oldidan!!!) eng , g’oyat , bag’oyat , juda , nihoyatda , benihoya , o’ta , behad , biram(bir ham)
, rosa , tengsiz , obdon ; to’q , tim , g’irt , zap , xo’p , jiqqa , liq kabi so’zlarni qo’llash orqali hosil qilinadi . eng ulug’ , g’oyat
ajoyib , bag’oyat xursand , juda sezgir , nihoyatda mushkul , benihoya katta , o’ta aqlli , behad shod , biram yoqimli , rosa
badjahl , tengsiz ustakor , obdon pishiq ; to’q qizil , tim qora , g’irt mast , zap yaxshi , xo’p katta , jiqqa ho’l , liq to’la
Diqqat!!! Yuqorida sanab o’tilgan so’zlarning aksariyati fe’l oldidan qo’llanib , harakat-holatning belgisini ifodalay oladi .
Shuning uchun ular ravish sanalib , gapda daraja-miqdor holi vazifasida qo’llanishi kuzatiladi .
rosa charchadim , obdon pishirdi , behad sevindi , juda taltayib ketdi , o’ta kamayib ketgan .
b) fonetik usul
---sifatning boshlang’ich tovushlarini olib , ularga p , m , s tovushlarini va yonidan sifatning o’zini keltirish orqali yuzaga
keltiriladi : qop-qora , sap-sariq , ko’m-ko’k , yam-yashil , bus-butun
---sifatning dastlabki tovushlari bilan o’zini juftlashtirish orqali yuzaga keltiriladi : pak-pakana , dum-dumaloq , yap-yapaloq ,
yum-yumaloq
---sifatning dastlabki qismiga -ppa elementini qo’shish orqali yuzaga keltiriladi : teppa-teng , oppa-oson , tuppa-tuzuk , to’ppa-
to’g’ri , quppa-quruq , soppa-sog’
Diqqat!!! Oppoq sifati orttirma darajada bo’lib , op-oq so’zining fonetik o’zgarishi sanaladi .
---sifat tarkibidagi ma’lum bir unli tovushni cho’zish orqali yuzaga keltiriladi : kaaatta , shiiirin , baaaland
Dostları ilə paylaş: |