d) leksik-semantik usul
Bunda sifatdagi belgining me’yordan ortiq ekani mazmunan anglashiladi .
zahar so’z , asal qovun , yomon yaxshi bola-da , devona telefon(umumxalq tili)
e) analitik usul: sifatlarni takrorlash orqali. Ba’zan takroriy sifatlar o’rtasida chiqish kelishigi keltiriladi.
qiyin+dan qiyin test , shirin+dan shirin qovun , yomon+dan yomon ish, baland-baland uy.
Quyidagi sifatlar ham orttirma darajada : hammasidan yaxshi , barchasidan katta , baridan chiroyli , ko’pdan-ko’p , uzundan-
uzoq (Ulug’ Tursunov ; Hozirgi o’zbek adabiy tili , 285-bet)
Sifatlarning tuzilishiga ko’ra turlari
Sifatlar tuzilishiga ko’ra to’rt turga bo’linadi :
1. Sodda sifatlar
Bir asosdan tashkil topgan sifatlar sodda sifatlar deyiladi . Masalan , chiroyli , ziyrak , chaqqon , yetuk , orzumand , beobro’ ,
sergap , salqin , ulkan .
Sodda sifatlarning ikki ko’rinishi mavjud : tub sifatlar va yasama sifatlar
Sodda tub sifatlar
Sodda yasama sifatlar
O’xshash jihati
Birgina asosdan iborat bo’ladi
Birgina asosdan iborat bo’ladi
O’xshash jihati
Tarkibida shakl yasovchi(lar) bo’lishi mumkin
tarkibida shakl yasovchi(lar) bo’lishi mumkin
Farqli jihati
Asosi hamisha sifat turkumiga mansub bo’ladi
Asosi ko’pincha sifat turkumiga mansub bo’lmaydi
Farqli jihati
Tarkibida sifat yasovchi qo’shimcha bo’lmaydi
Tarkibida sifat yasovchi qo’shimcha bo’ladi
Misollar
eski , shirin , kenja , ayyor , qiyshiq , vazmin ,
katta+roq , sariq+imtir , ko’k+ish , yashil+tob ,
yengil+gina
Aql+li , no+qulay , ser+suv , nom+dor , erin+chak ,
sirpan+chiq , bugun+gi , tarbiya+viy
asos+sifat yasovchi===sodda yasama sifat
2. Qo’shma sifatlar
Birdan ortiq asosdan tashkil topgan sifatlar qo’shma sifatlar deyiladi . asos+asos===qo’shma sifat
Qo’shma sifat asoslar , asosan , qo’shib yoziladi .
mehmondo’st , toshbag’ir , balandparvoz , sheryurak , bodomqovoq , dilxasta , tezyurar , haftafahm
O’zbek tilida qo’shma sifatlar quyidagi holat(tip)lar asosida yuzaga keltiriladi :
Dostları ilə paylaş: |