115
Metallni tarkibidagi marganets metallning osoyishta suyuqlanishiga imkon
yaratadi.
Marganets temir oksidlarini qaytaradi va shuning uchun oksidlar-
ning o‗glerod vositasida qaytarilish imkoniyati kamayib, kamroq gaz
hosil bo‗ladi. Talab etilgan kimyoviy tarkibli va mexanikaviy xossali
chok metallni hosil qilish uchun, elektrod simi tarkibida payvandlash
jarayonida kuyib ketadigan komponentlardan (xrom va b.q.) yetarli
miqdorda bo‗lishi lozim.
Elektrod simining suyuqlanish harorati, asosiy metallni suyuqlanish
haroratiga yaqin bo‗lishi kerak. Fizika kimyoviy xossalar yuqori bo‗lgan
chok hosil qilish uchun, chok metallini (suyuqlangan vannani) havo ta‘siri-
dan saqlashimiz uni marganets, kremniy va boshqa elementlar bilan
legirlash kerak. Legirlash uchun elektr yoyi vositasida, dastaki payvand-
lashda metall elektrodlar sirtida qalin sifatli qoplam hosil qilinadi. Bu
talablarni qondirish uchun elektrodlarning sifatli qoplamlari tarkibiga
barqarorlovchi (stabillovchi), himoyalovchi va legirlovchi komponentlar
kiritiladi.
Bu komponentlarni biz ayrim-ayrim ko‗rib chiqamiz: barqaror-
lovchi komponentlar payvandlash joyini yuqori darajada turg‗un qiladi.
Yoyning barqarorligi elektrodlar oralig‗ining ionlanish darajasiga
bog‗liq bo‗ladi. Havodagi malekulalarni ionlarga ajralishi juda yuqori
haroratda sodir bo‗ladi. Shu sababga ko‗ra yoyni turg‗unlash uchun
uning yonish oralig‗ida oson ionlanadigan komponentlardan, bo‗r
(SaSo
3
), potash (K
2
SO
3
) va titanli konsentrat (asosi TiO
2
bo‗lgan)
kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: