Transport vositalari detallarining ishlash qobiliyatini tiklash I. B. As q arov


-rasm. Flyus qatlami ostida payvandlashda, payvandlash



Yüklə 8,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/197
tarix24.10.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#130877
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   197
TRANSPORT VOSITALARI

6.3-rasm. Flyus qatlami ostida payvandlashda, payvandlash 
vannasi



117 
1-sovuq metall; 2-suyuq shlak; 3-shlak qobiq; 4-suyuqlatib tushurilgan 
metall. 
Buning natijasida erigan metall yuqori plastiklikka ega bo‗ladi, 
chunki unda kislorod miqdori qo‗lda payvandlagandagiga nisbatan 
taxminan 20 marotaba, azot mirqdori esa 3 marotaba kam bo‗ladi. 
Bundan tashqari, erigan flyus 7 qatlami metallning sachrashini va uning 
kuyishini kamaytiradi, suyuqlantirib qo‗yilgan metall 

yaxshi qoplama 
hosil qiladi, yoy issiqligidan va elektrod simidan foydalanishni 
yaxshilaydi. Sovishda hosil bo‗lgan shlak qatlami 7 erigan metallni 
sekin sovitadi va undagi struktura o‗zgarishlarini yaxshilaydi. 
Flyus qatlami ostida payvandlashda (suyuqlantirib qoplashda) 
metallning sachrashi va kuyishi natijasida isrof bo‗lishi 2-4% dan 
oshmaydi, qo‗lda payvandlanganda esa bu ko‗rsatkich 25...30% ga 
yetadi. Elektrod simining chiqishi (mm shlak 

dan detal 

gacha 
bo‗lgan masofa)ni 15..20 mm gacha kamaytirish hisobiga ish unumini 8-
10 marotaba oshirish mumkin. Eritib qoplash to‗g‗ri qutbli kuchlanish 
25...40 V bo‗lgan o‗zgarmas tokda olib boriladi. Odatda, suyuqlantirib 
qoplash stanogi sifatida tokarlik dasrgohidan foydalaniladi, unda 
reduktor yordamida shpindelning 0,2...5 min
-1
aylanish chastotasini hosil 
qilish mumkin. 
Flyus qatlami ostida payvandlash (eritib qoplash) ning kamchiligi 
elektr yoyini ko‗rib bo‗lmaslik hisoblanadi. Bu esa payvandlashda 
murakkab shaklga ega bo‗lgan choklarni olishni qiyinlashtiradi. 
Flyusning ko‗p sarf bo‗lishi va narxining yuqoriligi ham uning 
kamchiligi hisoblanadi. 
Flyus va elektrodlar. Flyuslar donador moddalar aralashmasi 
bo‗lib, eriganda ta‘mirlanadigan detalning sirtini qoplovchi shlak hosil 
qiladi. Shunday qilib, flyuslar quyidagi vazifalarni bajarishi lozim: 
- erigan metallni havodagi kislorod va azotning salbiy ta‘siridan 
himoya qilish; 
- elektr yoyining turg‗un yonishini ta‘minlash; 
- suyuq metallning qotish jarayonini sekinlashtirish va payvandlash 
davrida hosil bo‗ladigan gazlarning chok metalidan ajralib chiqishi 
uchun qulay sharoit tug‗dirish; 
- issiqlikning atrof-muhitga tarqalishini, elektrod metali kuyishi va 
sachrash natijasida sarf bo‗lishini kamaytirish; 


118 
- chok sirtida hosil bo‗ladigan shlaklarning oson ajralishi. 
Payvandlashda vazifasi, kimyoviy tarkibi va tayyorlash usuliga 
bog‗liq holda turli flyuslar ishlatiladi. Vazifasiga ko‗ra flyuslar 
uglerodli, kam legirlangan va yuqori darajada legirlangan po‗latlarni, 
rangli metall va qotishmalarni payvandlash uchun ishlatiladigan 
xillarga bo‗linadi. 
Ayrim flyuslar universal bo‗ladi, ular yuqori darajada legirlangan 
po‗latlarni payvandlashda ham, rangli metall va qotishmalarni payvand-
lashda ham ishlatilishi mumkin. Kimyoviy tarkibi bo‗yicha flyuslar 
marganess, kremniy va marganes miqdori ko‗p bo‗lgan hamda 
kislorodsiz ftoridli xillarga bolinadi. 
Ta‘mirlash korxonalari amaliyotida H
n
-30, H
n
-50G, N
n
-3Ox5, H
n
-
45x4l33F markali elektrodlar keng tarqalgan.
Yorilgan detallarni ta‘mirlashda diametri 2,5... 5,5 mm bo‗lgan 
kukun holdagi metalldan yasalgan simlar ko‗proq ishlatilmoqda. Ularda 
to‗ldiruvchi sifatida metall kukunlari aralashmasi, ferroqotishmalar, 
shlak hamda gaz hosil qiluvchilar va boshqa elementlar qo‗llanilmoqda. 
Shunday qilib, PP-AN1, PP-lDSK markali simlar yordamida qo‗shimcha 
himoya vositasisiz ham yaxshi sifatli choklarni hosil qilish mumkin. PP-
3X13≈0, PP=3x4VZF=0 markali simlar esa yeyilishga chidamli, 
qo‗shimcha termik ishlov berilmagandagi qattiqligi HRC- 56 bo‗lgan 
qatlam hosil qilish imkonini beradi. 
O‗rmalovchi zanjirli traktorlarning tayanch g‗altaklari, yo‗nalti-
ruvchi g‗ildiraklari va shu kabi ko‗proq yeyilgan detallarni ikki va undan 
ortiq etektrodni eritib qoplash yordamida hamda po‗lat yoki metall 
kukunidan yasalgan lentasimon elektrodlardan eritib qoplash yordamida 
ta‘mirlash mumkin.
Payvandlash oralig‗idagi suyuq shlak bilan gazlar, payvandlash 
vannasini havodan saqlab turadi, harorat ko‗tarilishi bilan payvandlash 
vannasidagi gazlarni bosimi ham ko‗tariladi. Shuningdek, gazlarning bir 
qismi suyuq shlakni yorib tashqariga chiqib ketadi. Bunda vannadagi 
gazning hajmi kamayadi va shu taqlidda jarayon takrorlanadi, lekin 
vannada hamma vaqt ortiqcha bosim bo‗ladi. Bu bosim atmosfera 
havosining kirishiga to‗sqinlik qiladi. Suyuq shlak sovib, parda hosil 
qiladi. Bu parda normal chok shakillanishiga imkon beradi, suyuq metal-
lni sovishini sekinlashtiradi. Zarur tarkibiy o‗zgarishlar sodir bo‗lishiga 
sharoit yaratadi va metallni atrofga sachrashiga yo‗l qo‗ymaydi.


119 
Flyus qatlami ostida payvandlashning odatdagi usulda payvand-
lashga qaraganda bir muncha afzalliklari bor. Flyus qatlami ostida 
payvandlashda jarayon ish unimining yuqori bo‗lishi va jarayonning 
avtomatik ravishda bajarilishi, chok metallining yuqori sifatli chiqishi va 
uning mexanik xossalarini talab etilgan darajaga keltirish uchun to‗la 
imkoniyat borligi, yashirin yoy bilan ishlaganligi uchun payvandchi 
mehnat sharoitining yaxshilanishi, katta zichlikdagi tok ishlatilganligi, 
elektr energiyasidan va elektrod simdan to‗laroq foydalanganligi sababli 
payvandlash ishlari bahosining ancha pasayishi, flyus qatlami ostida 
payvandlashning afzalliklar jumlasiga kiradi. 
Payvandlashning ish unumi vaqt birligi ichida suyuqlantirib tushu-
rilgan metallning og‗irligi bilan aniqlanadi. Biz uni quyidagi formula 
yordami bilan hisoblab topishimiz mumkin. 
Q

K
s.t
L
p.t
,g


bu yerda

Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin