Umumiy pedagogika


Maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə17/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

Maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi
Turli metodlarning oʻzaro qoʻshib olib borilishi pedagogik tadqiqotlarning samaradorligi va sifatini oshirishga imkon beradi. Bunga matematika metodlar hamda hisoblash yechish qurilmalari yordamida eksperiment natijalarining pedagogikaga kirib kelishi ham yordamlashadi.
Pedagogika hodisalari va faktlarini tekshirishda maktab hujjatlarini mukammal va chuqur oʻrganmoq lozim. Maktab hujjatlarini tahlil qilishda ta’lim qonuniga amal qilinmog‘i lozim. Maktab hujjatlarini tahlil qilish oʻquvchilarning ijodiy faolligi va mustaqilligini, iqtidorliligini hamda ilg‘or pedagogik tajribalarning umumlashtirilishi va joriy etilishini koʻrsatgan taqdirdagina toʻliq qiymatga ega boʻladi.

Bolalar ijodini o‘rganish metodi
Maktab oʻquvchilari ijodini hamda ularning turli tuman ishlarini oʻrganish va tahlil qilish pedagogik tadqiqotning samarali metodlaridan biridir. Iqtidorli oʻquvchilar aqliy qobiliyatlari, oliyjanob axloqiy qiyofalari, estetik didlari, sinchkovliklari va qiziquvchanliklari bilan ajralib turadi. “Ta’lim toʻg‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da pedagogika fani bolalar ijodining manbalari va faktorlarini chuqur bilishga hamda ularni yanada taraqqiy ettirish va takomillashtirishning toʻg‘ri yoʻllarini koʻrsatib berishga qaratilgan.

Statistika ma'lumotlarini analiz va sintez qilish metodi
Pedagogik tadqiqotga kerakli statistika ma'lumotlarini ma'lum bir maqsad bilan sistemali oʻrganish mustaqil Oʻzbekistonda fan, madaniyat, ta’lim-tarbiyaning taraqqiy etishiga salmoqli hissa qoʻshadi.

Anketa metodi
Oʻquvchilardan soʻrash usuli boʻlib, u oʻquvchilar jamoasining ma'lumotlari toʻg‘risidagi kerakli ma'lumotlarni olish uchun ularning fikrlari va qarashlarini aniqlash uchun va kasbga yoʻllashni belgilash uchun maxsus formada ishlangan boʻlmog‘i lozim. Anketada koʻzlangan maqsadga muvofiq savollar boʻlib, javoblardan pedagogik natijalar kelib chiqmog‘i muhim sanaladi.


Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin