Umumiy pedagogika



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə171/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

Tavakkalchilik Erkin fikrlilik tavakkalchilikka asoslanadi. Bilim faoliyatida qoʻrqmay tavakkal qiluvchi insonlarni rag‘batlantirib turish joizdir. Fikrlash jarayonida «axmoqona g‘oyalar» aql bilan tuzilmagan birikma va tushunchalar ilgari surilgan holatlar ham boʻlishi mumkin. Oʻqituvchi uni oʻquv jarayonining tabiiy holati sifatida talabalarga tushuntirishi lozim. Talabalarda tavakkaldan xoli, yuqori motivatsiyalash imkoni boʻlgan muhitda oʻylash muhimligiga ularda ishonch hosil qildirish zarur.
Qadrlash. Tanqidiy fikrlashning omillaridan biri talabalarn fikrini qadrlashdir. Tashkil etilgan fikrlash jarayonida talabalar oʻz g‘oyalari, tasavvurlarining oʻqituvchi tomonidan qadrlanayotganini tushungan chog‘dagina chuqur mas’uliyat va e’tiborga yarasha javob qaytaradilar.
Qimmatlilik. Fikrlash jarayonini tashkil etish davomida talabalar ongiga mustaqil nuqtayi nazar va tanqidiy tahlili natijalari qimmatli ekanligini singdirish zarur. Oʻqituvchi talabalardan muayyan materialni qayta ishlashni talab qilganda tayyor qoliplardan, andazalardan xoli boʻlishi lozim. Bu esa talabalarda oʻzgalar g‘oyalarini mexanik tarzda qayta ishlab chiqish eng muhim va qimmatli ekanligiga ishonch hosil qilishga olib keladi. Aslida talabalarga oʻz fikri, oʻziga taalluqli boʻlgan g‘oya va tasavvurlar qimmatli ekanligini isbotlay olish zarur. Talabalarham bunga ishonch hosil qilishlari joiz. Ular oʻz qarshlari muhokama qilish jarayonida buning muhimligini tan olishlari kerak.
Oʻzaro fikr almashish. Fikrlash jarayoni talabalarning oʻzaro fikr almashishni koʻzda tutadi. Talabalarning oʻzaro fikrlashish bir-biridan oʻrganishdagi oʻrtoqchiligiga asos soladi. Talabalardan fikrlovchi sifatida oʻzlaridagi original fikr va oddiy xatoga boʻlgan qobiliyatlarini ochib berish talab etiladi.
Oʻzaro fikr olishishda talabalardan diqqat bilan tinglash, shaxsiy qarashlarini soʻzlovchiga zoʻrlab oʻtkazish va boshqalarini tuzatishdan oʻzini tiyib turishi ham talab etiladi. Bunga javoban talabalar jamoaning yalpi fikrlaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi. Keng doiradagi munozara oqibati oʻlaroq, talabalarda oʻzlariga tegishli boʻlgan g‘oyalarni tahlil qilishga qobiliyati orta boradi hamda ularni oʻz bilim va hayotiy tajribalari tizimiga tirkab boradi. Fikrlash jarayonini tashkil etishda uni oʻtkazishning bir necha modellari mavjud. Ular:


Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin