Muammoli ta'lim – talabalarda ijodiy izlanish, kichik tadqiqotlarni amalga oshirish, muayyan farazlarni ilgari surish, natijalarni asoslash, ma'lum xulosalarga kelish kabi ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta'lim.
Muammoli oʻqitishni chuqur oʻrganish XX asrning 60 yillarida boshlangan. Fikrlash psixologiyasi nuqtayi nazaridan muammoli oʻqitish g‘oyasi va tamoyillari S.L.Rubinshteyn, M.I.Maxmutov, V.Okon, I.YA.Lerner tomonidan ishlab chiqilgan.
S.L. Rubinshteynning «Tafakkur muammoli vaziyatdan boshlanadi» degan g‘oyasi muammoli oʻqitishning psixologik asosi sifatida qabul qilingan. 70-80 yillarda an’anaviy oʻqitish shakllari samaradorligi pasayib ketganligi qayd etilganda, etakchi pedagoglar muammoli oʻqitish nazariyasiga e’tibor qarata boshladilar. Chunki an’anaviy oʻqitish shaklida asosiy diqqat oʻqituvchi faoliyatiga qaratilgan boʻlsa, muammoli oʻqitish konsepsiyasida asosiy urg‘u oʻquvchilarga koʻchadi.
Muammoli oʻqitish tamoyili boʻyicha bilim oʻquvchilarga tayyor shaklda uzatilmaydi, balki ilmiy tadqiqot jarayoniga oʻxshatib, oʻquv faoliyati jarayonida oʻquvchilar tomonidan egallanadi.
Muammoli oʻqitish – oʻquvchining muammoli taqdim etilgan ta’lim mazmuni bilan faol oʻzaro bog‘lanishini tashkil etadi. Bu jarayonda oʻquvchi ilmiy bilimning ob’yektiv zidliklari va ularning yyechilmlariga yaqinlashadi, fikrlash, bilimlarni ijodiy oʻzlashtirishga oʻrganadi.
Muammoli oʻqitish ijodiy faoliyatni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan boʻlib, bu jarayonda oʻquvchilar ijodiy fikrlashining rivojlanishi an’anaviy oʻqitishdagiga nisbatan jadalroq boʻladi. Muammoli oʻqitishning bu funksiyasi oshishi uchun oʻquv jarayoniga muammolarning tasodifiy majmuasini kiritish yyetarli emas. Muammolar tizimi bilimning mazkur sohasiga xos muammolarning asosiy turlarini qamrab olishi kerak.
Muammoli oʻqitishni ta’lim jarayoniga tatbiq etishda oʻqituvchi ilmiy va oʻquv muammolar orasidagi umumiylikni va farqni ajratishi lozim. Ularning umumiyligi– har ikkalasida ham ob’yektiv zidliklar mavjudligi boʻlsa, ilmiy va oʻquv muammolarini farqi shuki, ilmiy muammoda qoʻyilgan masala hali yechilmagan, oʻquv muammoda esa masala yechilgan, uni yechish yoʻli va natijasi ma’lum. Faqat bu yoʻllar va natijalarni oʻquvchilar izlab topishi kerak. Muammoli oʻqitishning yakuniy maqsadi – oʻquvchilarni muammolarni koʻrish va yechishga oʻrgatishdan iborat boʻlib, bu faqat fikrlash faoliyati jarayonida amalga oshiriladi.
Shaxsning ijodiy mustaqil fikrlashi jamiyat uchun zarur boʻlib, fikrlash jarayoni muammoli vaziyatdan boshlanadi.
Muammoli oʻqitish usullariga tadqiqiy usul, evristik usul, muammoli vaziyatlar yaratish usuli kiradi. Oʻqitishning tadqiqiy usullarini qoʻllaganda oʻquvchilarga:
• nostandart masalalarni tuzish boʻyicha;
• shakllantirilmagan savol bilan;
• ortiqcha ma’lumotlar bilan;
• oʻzining amaliy kuzatuvlari asosida mustaqil umumlashtirish;
• yoʻriqnomalardan foydalanmasdan qandaydir ob’yekt mohiyatini bayon etish;
• olingan natijalarni qoʻllash chegaralarini va darajalarini aniqlash;
• hodisaning namoyon boʻlish mexanizmini aniqlash;
• «bir lahzada» topish kabi topshiriqlarni berish mumkin.
Hozirgi kunda bu sohadagi izlanishlar dunyoning turli mamlakatlarida davom ettirilmoqda, umumta’lim fanlari boʻyicha ham, oliy ta’lim fanlari boʻyicha ham muammoli oʻqitish texnologiyalarining majmuaviy ishlanmalari yaratilmoqda.
Fanda muammoli oʻqitish bilan aloqador ikkita tushuncha ishlatiladi: "muammo" va "muammoli vaziyat" tushunchalari. Ayrim hollarda ular sinonimdek tushunilsada, lekin bu atamalar bilan belgilangan ob’yektlar oʻz hajmi bilan farqlanadi. Muammo muammoli masalalar ketma-ketligiga ajraladi. Demak, muammoli masalani muammoning oddiy, xususiy bir masaladan iborat holati sifatida koʻrish mumkin.
Muammoli oʻqitishning yaqqol koʻrinib turgan afzalliklariga qaramasdan ta’limning hech qaysi bosqichi toʻliq muammoli tuzilishi mumkin emas. Muammoli oʻqitishni amalga oshirish uchun qism (ayrim boʻlim, mavzu, band) larni ajratib olish lozim. Bunda oʻquv materialining mantiqiy-didaktik tahlili, muammolarni qoʻyish imkoniyatlari, oʻqitish maqsadlariga erishishda ularning samarasini aniqlash talab etiladi. Koʻp narsa u yoki bu guruhda ishlashning aniq sharoitlariga bog‘liq. Bundan tashqari, darsliklardagi oʻquv materiali kamdan kam hollarda muammoli oʻqitishga moslashtirilgan.
Lekin muammoli oʻqitishni amalga oshirish uchun oʻqituvchi oʻquv matnlarini osongina qayta ishlashi mumkin. Muammoli vaziyatlarni modellashtirish uchun eng optimal oʻquv materiali bu- darslikdagi fan va texnika tarixiga oid ma’lumotlardir.
S.L. Rubinshteyn «tafakkur – inson oldida turgan masala va muammolarni yechishga olib keladigan idrok boʻlib, tafakkur muammoli vaziyatdan kelib chiqadi va muammoni yechishga qaratilgan boʻladi»-deb ta’kidlaydi.
Demak, muammoli vaziyat – psixik qiyinchilik, ziddiyatlar vaziyati boʻlib, oʻquvchilarni muammoli vaziyat holatiga tushirish orqali ularda fikrlash qobiliyati rivojlantiriladi shaxsning ijodiy, mustaqil fikr yuritishi jamiyat uchun zarur boʻlib, fikrlash jarayoni muammoli vaziyatdan boshlanadi.
J.Dyui muammoli ta’lim asosi sifatida quyidagi yoʻnalishlarni belgilagan:
Muallif koʻrsatilgan yoʻnalishlarda ta’limni tashkil etish uchun quyidagi vositalardan foydalangan:
1) soʻz; san’at asarlari; texnik qurilmalar;
2) oʻyinlar; mehnat.
Muammoli oʻqitishni chuqur oʻrganish XX asrning 60-yillarida boshlangan boʻlib, uning asosida “Tafakkur- muammoli vaziyatdan boshlanadi”-degan g‘oya yotadi . Oʻtgan asrning 60-yillarida muammoli ta’lim L.Rubinshteyn, M.I.Maxmutov, V.Okon, I.YA.Lerner kabi tadqiqotchilarning qarashlari negizida yanada rivojlangan. S.L.Rubinshteynning “Tafakkur muammoli vaziyatdan boshlanadi” degan g‘oyasi muammoli ta’limning psixologik asosi sifatida qabul qilingan.