Umumiy pedagogika


Muammoli ta’limining asosiy turlari. Muammo va muammoli vaziyat



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə174/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

Muammoli ta’limining asosiy turlari. Muammo va muammoli vaziyat.
Muammoli ta’limning bir necha turlari mavjud. Masalan M.N.Skatkin oʻz ishlarida muammoli ta’limning quyidagi turlari borligiga urg‘u beradi:
1. Bilimlarni muammoli bayon qilish (muammoli ma’ruza).
2. Muammoli topshiriqlarni hal qilish (muammoli amaliy mashg‘ulot).
3. Kichik ilmiy tadqiqotlarni olib borish (muammoli tajriba).
Muammoli ta’limning asosini muammo (yun. “toʻsiq”, “qiyinchilik”) yoki muammoli vaziyat tashkil etib, muammoli ta’lim texnologiyalari ularning yechilmini topishga xizmat qiladi.
Muammo (yunon. “toʻsiq”, “qiyinchilik”, arab. “jumboqli”, “sirli”, “tushunilishi qiyin”) – hal qilinishi muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega boʻlgan masala.
Muammoli vaziyat – talabalarning ma’lum topshiriqlarni bajarish (masalani yechish, savolga javob topish) jarayonida yuzaga kelgan ziddiyatni anglashi bilan bog‘liq ruhiy holati boʻlib, u hal etilayotgan masala bilan bog‘liq yangi bilimlarni izlashni taqozo etadi
Koʻp holatlarda muammo va muammoli vaziyat sinonimdek qabul qilinadi. Aslida esa ular bir-biridan farq qiladi.
Mohiyatiga koʻra muammo uni keltirib chiqargan sabablarni oʻrganish, uni hal etishda ahamiyatli, samarali boʻlgan yoʻl, metod va vositalarni izlash, ularning samarali ekanligini asoslovchi dalillarni toʻplash, dalillarni yangicha, yangi tahlitda izohlash asosida hal qilinadi.

- didaktik xarakterdagi muammo;
- amaliy xarakterdagi muammo;
- ilmiy-metodik xarakterdagi muammo;
- sof ilmiy xarakterdagi muammo

Pedagogika sohasida koʻp holatlarda “muammo” tushunchasi tashkiliy- pedagogik, psixologik, ta’limiy va tarbiyaviy masalalarni hal qilishda qoʻllaniladi. Soha nuqtayi nazaridan pedagogik jarayonda quyidagi xarakterdagi muammolarga murojaat qilinadi:
Ma’lum va noma’lum bilimlar hamda mavjud tajriba muammoning tarkibiy qismlari sifatida namoyon boʻladi.
Ta’lim jarayonida muammoni qoʻyish bir necha sathda kechadi. Ular quyidagilar:


Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin