Reja: Interfaol ta’lim samaradorligini ta’minlovchi asosiy omillar.
Ta’lim jarayonida interfaol metodlarni qoʻllashning ahamiyati va zarurati.
Interfaol metodlarning klassifikatsiyasi.
Mavzuning qisqacha mazmuni Interfaol ta’lim ta’lim samaradorligini oshirishning eng maqbul yoʻli sifatida e’tirof etilayotgan ta’lim turi va oʻqitish shakli sanaladi. Mohiyatiga koʻra interfaollik talabalarning bilim, koʻnikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni oʻzlashtirish yoʻlida birgalikda, oʻzaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etish layoqatiga egaliklarini anglatadi.
Tayanch tushunchalar:interfaol, strategiya, grafik organayzer, interfaol metodlar klassifikatsiyasi, interfaol ta’lim muhiti.
Mavzuning qisqacha mazmuni: ushbu mavzuda interfaol ta’limning asosiy hususiyatlari, interfaol metodlar klassifikatsiyasi va turlari, grafik organayzerlar va ularning oʻziga xos xususiyatlari, interfaol strategiyalar va ularni ta’lim samaradorligini oshirishdagi roli haqida soʻz yuritiladi.
Interfaol ta’lim (ingl. “interact”, rus. “interaktiv”; “inter” – o‘zaro, “act” – harakat qilmoq) – talabalarning bilim, ko‘nikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni o‘zlashtirish yо‘lidagi о‘zaro harakatini tashkil etishga asoslanuvchi ta’lim Interfaol ta’lim samaradorligini ta’minlovchi asosiy omillar
Mantiqiy nuqtai nazardan esa interfaollik, eng avvalo, ijtimoiy subyektlarning suhbat (dialog), oʻzaro hamkorlikka asoslangan harakat, faoliyatni olib borishlarini ifodalaydi.