О‘qituvchi – talabalar guruhi (jamoasi)
An’anaviy ta’limdagi suhbat ishtirokchilari
О‘qituvchi - talaba
Ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan har bir mutaxassis yaxshi biladiki, an’anaviy ta’lim ham suhbat (dialog)ga asoslangan va bu suhbat quyidagi oʻzaro munosabat shakllarida tashkil etiladi (1-rasm):
Interfaol ta’lim oʻqitish jarayonining asosiy ishtirokchilari – oʻqituvchi, talaba va talabalar guruhi oʻrtasida yuzaga keladigan hamkorlik, qizg‘in bahs-munozalar, oʻzaro fikr almashish imkoniyatiga egalik asosida tashkil etiladi, ularda erkin fikrlash, shaxsiy qarashlarini ikkilanmay bayon etish, muammoli vaziyatlarda yechimlarni birgalikda izlash, oʻquv materiallarini oʻzlashtirishda talabalarning oʻzaro yaqinliklarini yuzaga keltirish, “oʻqituvchi – talaba – talabalar guruhi”ning oʻzaro bir-birlarini hurmat qilishlari, tushunishlari va qoʻllab-quvvatlashlari, samimiy munosabatda boʻlishlari, ruhiy birlikka erishishlari kabilar bilan tavsiflanadi. Interfaol ta’limda suhbat quyidagi shaxslar oʻrtasida tashkil etiladi (2-rasm):
Interfaol ta’limdagi suhbat ishtiokchilari
Talaba – talaba (juftlikda ishlash)
Talaba – talabalar guruhi (guruh yoki kichik guruhda ishlash)
Talaba – talabalar jamoasi (sinf, guruh jamoasida ishlash)
Talaba – axborot-kommunikatsion texnologiyalar
Interfaol ta’limda tashkil etiladigan suhbat (dialog)
Interfaol ta’lim mohiyatiga koʻra suhbatning “talaba – axborot- kommunikatsion texnologiyalar” shaklida tashkil etilishi talabalar tomonidan mustaqil ravishda yoki oʻqituvchi rahbarligida axborot texnologiyalari yordamida bilim, koʻnikma, malakalarning oʻzlashtirilishini anglatadi. Oʻqituvchi interfaol ta’lim yordamida talabalarning qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqillik, oʻz-oʻzini nazorat, oʻz-oʻzini boshqarish, samarali suhbat olib borish, tengdoshlari bilan ishlash, ularning fikrlarini tinglash va tushunish, mustaqil, ijodiy, tanqidiy fikrlash, muqobil takliflarni ilgari surish, fikr-mulohazalarini erkin bayon qilish, oʻz nuqtai nazarlarini himoya qilish, muammoning yechimini topishga intilish, murakkab vaziyatlardan chiqa olish kabi sifatlarni shakllantirishga muvaffaq boʻladi. Eng muhimi, interfaol ta’limni qoʻllash orqali oʻqituvchi talabalarning aniq ta’limiy maqsadga erishish yoʻlida oʻzaro hamkorlikka asoslangan harakatlarini tashkil etish, yoʻnaltirish, boshqarish, nazorat va tahlil qilish orqali xolis baholash imkoniyatini qoʻlga kiritadi. Oʻquv jarayonining interfaol ta’limga asoslanishi bir qarashda nihoyatda oddiy, sodda, hatto “bolalar oʻyini” kabi taassurot uyg‘otadi.
Hozirda ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yoʻnalishlardan biri interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Interfaol usullarni qoʻllash natijasida oʻquvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, oʻz fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog‘lom muloqot, munozara, bahs olib borish koʻnikmalari shakllanib, rivojlanib boradi [7. – B. 63].
Bu masalada amerikalik psixolog va pedagog B.Blum bilish va emotsional sohalardagi pedagogik maqsadlarning taksonomiyasini yaratgan. Uni Blum taksonomiyasi deb nomlanadi. (Taksonomiya-borliqning murakkab tuzilgan sohalarini tasniflash va sistemalashtirish nazariyasi). Unga koʻra tafakkurning rivojlanishi bilish, tushunish, qoʻllash, tahlil, umumlashtirish, baholash darajalarida boʻladi. Bular quyidagi belgilar hamda har bir darajaga muvofiq fe’llar namunalari bilan ham ifodalanadi, jumladan67:
Bilish dastlabki tafakkur darajasi boʻlib, bunda oʻquvchi atamalarni ayta oladi, aniq qoidalar, tushunchalar, faktlar va shu kabilarni biladi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: qaytara bilish, mustahkamlay olish, axborotni yetkaza olish, aytib bera olish, yozish, ifodalay olish, farqlash, taniy olish, gapirib berish, takrorlash.
Dostları ilə paylaş: |