Umumiy pedagogika



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə175/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

Darajalar






Muammoni qoʻyish mohiyati

1-daraja






Oʻqituvchi muammoni qoʻyadi va talabalarni uni hal qilishga yoʻnaltiradi

2-daraja










Oʻqituvchi muammoli vaziyatni bayon qiladi va talabalarning oʻzlari mustaqil ravishda muammoni shakllantiradi

3-daraja



Oʻqituvchi muammoni qoʻrsatib bermaydi, balki unga talabalarni roʻpara qiladi. Talabalar muammoni anglagan holda uni oʻzlari shakllantirib, muammoni yechish usullarini tahlil qiladi



Ta’lim jarayonida masalani qoʻyishda mavjud shart-sharoitlarni aniqlashda muammo fundamental asos sifatida namoyon boʻladi. Oʻquv materiallari mazmunini oʻzlashtirishda muammoning qoʻyilishi va hal etilishi quyidagi bosqichlarda kechadi.
Pedagogik jarayonda talaba “muammo”ga emas, balki muammoli vaziyatga roʻbaroʻ qilinadi.
Darhaqiqat, muammoli vaziyat deganda talabanining hozirda yoki kelgusida ta’lim maqsadiga erishishi uchun xavf tug‘diradigan vaziyat tushuniladi.
Muammoli ta’lim haqidagi toʻplangan ma’lumotlarga asoslanib, shuni ta’kidlash lozimki, bu ta’lim turi ilmiy-uslubiy jihatdan 3 koʻrinishga ega.

  1. Muammoli vaziyatni vujudga keltirish.

  2. Muammoning qoʻyilishi.

  3. Muammoning yechimini topish.

Muammoli vaziyatni oʻquv mashg‘ulotlarining barchasida shakllantirish mumkin. Uni dars jarayonida qancha koʻp shakllantirish oʻqituvchiga bog‘liq. Muammoli vaziyatning ahamiyati shundaki, u oʻquvchilar diqqatini bir joyga (muammoga) qaratadi va oʻquvchilarning izlanishga, fikrlashga oʻrgatadi. Muammoli ta’lim oʻqituvchi rahbarligida muammoli vaziyat vujudga keltirilib, mazkur muammo oʻquvchilarning faol, mustaqil faoliyati natijasida nazariy bilim, amaliy koʻnikma va malakalarni ijodiy oʻzlashtirish va aqliy faoliyatni rivojoantirishga imkon beradigan ta’lim jarayonini tashkil etishni nazarda tutadi.
Muammoli ta’limning muvaffaqiyati quyidagi omillarga bog‘liq:

Muammoli ta’lim nazariyasida muammoli vaziyatning ikki turi mavjud:

  1. Psixologik muammoli vaziyatlar.

  2. Pedagogik muammoli vaziyatlar.

Psixologik muammoli vaziyatlar oʻquvchi faoliyatiga, pedagogik muammoli vaziyatlar oʻquv jarayonining tashkil etilishiga taalluqli.
Muammoli vaziyatlarning bu ikki turi bir-birini taqozo etadi. Pedagogik muammoli vaziyatlar oʻquvchidan faqat fikr yuritishnigina talab qilmay, balki bilish munozarasida ishtirok etish, u yoki bu hodisa haqidagi hayotiy va ilmiy tasavvurlarni qiyoslash, olimlarning nuqtayi nazarlarini taqqoslash, shuningdek, ularning qiziqishlarini orttirish maqsadida dars davomida yangi dalillarni ma’lum qilish, mazkur dalillarning fan-texnika rivoji uchun ahamiyatini yoritish orqali vujudga keltiriladi.
Muammoli vaziyatlarni hal etishda oʻqituvchi oʻquvchilar faoliyatini fikr yuritishning mantiqiy operatsiyalari: tahlil, sintez, taqqoslash, analogiya, umumlashtirish, tasniflash va xulosa yasashga yoʻnaltiradi.

  1. Oʻquv dasturi boʻyicha qaysi mavzularni muammoli dars shaklida oʻtish mumkinligini;

  2. Mavzu matnidagi masalalar boʻyicha muammoli vaziyatni keltirib chiqaradigan savollar va topshiriqlarni aniqlashda didaktikaning ketma-ketlik, izchillik tamoyillariga amal qilish;

  3. Oʻquvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarishni ta’minlaydigan vosita va usullarni aniqlash, ulardan oʻz oʻrnida va samarali foydalanish yoʻllarni belgilash zarur.

Muammoli vaziyatlarning bir qancha turlari bor. Dars jarayonida muammoli vaziyatlarni yaratish oʻqituvchining mahoratiga, bilimi va pedagogik vaziyatlarni toʻg‘ri baholay olish malakasiga bog‘liq.

Quyida ta’lim jarayonida qoʻllaniladigan muammoli vaziyatlarning turlari keltirilgan.
Muammoli darslarda oʻquvchining faoliyati, eng avvalo, mavzu mazmunidan kelib chiqqan holda, oʻquv muammolarini aniqlash, muammoli vaziyatlarni yaratish, oʻquvchilar oldiga oʻquv muammolarini yuqori ilmiy va uslubiy saviyada qoʻyish, darsda mazkur oʻquv muammolaridan samarali foydalanishga erishish, oʻquvchilar faoliyatini muammolarni hal etishga yoʻnaltirishdan iborat
Oʻquvchi faoliyati muammoli vaziyatlarni idrok etish, hal qilish usullarini izlash, muammoni tahlil qilib, taxminlarni ilgari surish, taxminlarni ilmiy, mantiqiy nuqtayi nazardan asoslash, taxminlarni tekshirish va xulosa chiqarishdan iborat.
Muammoli darsning didaktik maqsadi:
-oʻquv muammolarini hal etishda oʻquvchilar ijodkorligini va tanqidiy fikrlash malakalarini shakllantirish;
- oʻquvchilarning yangi bilimlarni egallash koʻnikmalarini shakllantirish;
-oʻquvchilarda bilimlarni ijodiy oʻzlashtirish va amalda qoʻllash malakalarini rivojlantirish;
-oʻquvchilarning izlanuvchanligi, qiziqishi, motivlari, mantiqiy tafakkuri, ijodiy faoliyati, aqliy kamoloti va zakovatini rivojlantirishdan iborat.

Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin