Izoh: Refleksiya (lot. “reflexio” – ortga qaytish, aks etish): kishining oʻz xatti-harakatlari, ularning asoslarini tushunib yetishi, fahmlashiga qaratilgan nazariy faoliyati; bilishning alohida faoliyati; shaxsiy kechinmalari, his-tuyg‘ulari va oʻy-xayollari mohiyatini fikrlash orqali anglash), oʻz-oʻzini tahlil qilishi.
Barcha ta’lim turlari kabi interfaol ta’lim ham ustuvor tamoyillarga ega: 1. Mashg‘ulot – ma’ruza emas, balki jamoaning umumiy ishi.
2. Guruhning tajribasi pedagogning tajribasidan koʻp.
3. Talabalar yosh, ijtimoiy mavqe va tajribaga koʻra oʻzaro teng.
4. Har bir talaba oʻrganilayotgan muammo yuzasidan oʻz fikrini aytish huquqiga ega.
5. Mashg‘ulotda talaba shaxsi tanqid qilinmaydi (fikr tanqid qilinishi mumkin).
6. Bildirilgan g‘oyalar talabalarning faoliyatini boshqarmaydi, balki fikrlash uchun axborot (ma’lumot) boʻlib xizmat qiladi.
Interfaol ta’lim quyidagi imkoniyatlarga ega: - talabalarda bilimlarni oʻzlashtirishga boʻlgan qiziqishni uyg‘otadi;
- ta’lim jarayonining har bir ishtirokchisini rag‘batlantiradi;
- har bir talabaning ruhiyatiga ijobiy ta’sir koʻrsatadi;
- oʻquv materialining puxta oʻzlashtirilishi uchun qulay sharoit yaratadi;
- talabalarga koʻp tomonlama ta’sir koʻrsatadi;
- talabalarda mavzular boʻyicha fikr hamda munosabatni uyg‘otadi;
- talabalarda hayotiy zarur koʻnikma, malakalarni shakllantiradi;
- talabalarning xulq-atvorini ijobiy tomonga oʻzgartirilishini ta’minlaydi
Bugungi kunda jahon ta’lim tizimida interfaol ta’limning quyidagi shakllarda amalga oshirilayotganligi barchaga ma’lum (6-rasm):