Umumiy pedagogika



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə187/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

2. Eksperimental oʻquvchi-talabalarning «jonli», shaxsiy tajriba orttirishga yoʻnaltirilgan.
3. Rolli yinlar, modellashtirish hayotiy vaziyatlarni model-lashtirish hamda ma’lum rollarni ijro etish orqali ularni sinab koʻrishga yoʻnaltirilgan. Bu metod jamoa tafakkuri, muhokama bilan bog‘lik, ammo muhokama rolli uyin tahlili asosida olib boriladi.
4. Fasilitatsiya (inglizcha fasilitate - osonlashtirish) – guruh ishini tashkil etish, koʻpincha aniq, real, amaliy topshiriqlar bilan bog‘lik, aniq qaror qabul qilish boʻyicha muhokama, faoliyatning real rejasini ishlab chiqish, real, mojaroli manfaatlarni muvofiqlashtirish [8. – B. 92].
Qabul qilish vositalari (kanallari) – qabul qilishning eng muhim filtrlaridan biri: koʻrish, eshitish, his-tuyg‘u.
Vizual - biz koʻrayotgan narsa (obrazlar, rasm, kino).
Audial - biz eshitayotgan narsa (nutq, shamolning xushtagi, tomchilayotgan suv, oxang, tembr, ovoz balandligi).
Kinestetik - (grekcha «kines» - «harakat») - biz xis qilayotgan narsa, xid va ta’m.
Interfaol mashg‘ulotlar oʻziga xos tashkiliy tuzilishga ega boʻlib, uni tashkil qilish va olib borish boʻyicha faoliyat turlari alohida ajratilgan va har biri boʻyicha alohida vazifalar belgilangan. Bunda bir mashg‘ulot jarayonida mashg‘ulotni olib boruvchi bir vaqtda ushbu vazifalarni bajarishi koʻzda tutiladi. Shu bilan birga bir mashg‘ulotni ikki yoki uch pedagog yoki yordamchilar birgalikda olib borishi ham qoʻllaniladi. Ular bajaradigan vazifalariga koʻra quyidagicha nomlanadilar:71

  1. Moderator – ta’lim mazmunini yaratuvchi, modullarini ishlab chiquvchi.

2. Trener – oʻquvchilarning koʻnikmalarini rivojlantiruvchi mashqlar oʻtkazuvchi maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan mutaxassis.
3.Tyutor – masofadan oʻqitish dasturlarini yaratuvchisi va bajarilishini ta’minlovchi.

Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin