Mualliflik uslublari
№
|
Uslub
|
Ixtiro qilingan
|
Muallif
|
Davlat
|
Yil
|
|
Diagramma Pareto
|
Italiya
|
1897
|
V.Pareto
|
|
Katalog
|
Olmoniya
|
1926
|
F.Kunse
|
|
Morfologik tahlil
|
AQSH
|
1942
|
F.Svikki
|
|
Sinektika
|
AQSH
|
1944
|
V.Gordon
|
|
Nazorat savollar
|
AQSH
|
1945
|
Dj.Poya
|
|
Bosqchma-bosqich tahlil qilish
|
Rossiya
|
1950
|
Y.Sobolev
|
|
Isikavi uslubi
|
Yaponiya
|
1952
|
Kaoru Isikavi
|
|
Tushunchalarn tashkil etish
|
GDR
|
1953
|
F.Xazen
|
|
Nazorat savollar
|
AQSH
|
1954
|
R.Krouford
|
|
Ixtiro matritsalar
|
AQSH
|
1954
|
A.Mol
|
|
Kashfiyot algoritmi
|
Rossiya
|
1956
|
G.Altshuller
|
|
Aqliy hujum
|
AQSH
|
1957
|
A.Osborn
|
|
Fokal obyektlar
|
AQSH
|
1958
|
CH.Vayting
|
|
Delfi
|
AQSH
|
1950-1960
|
Olaf Helmer, Norman Dalkey N.Rescher
|
|
Yechimga yoʻnaltirilgan
|
Rossiya
|
1961
|
N.Sereda
|
|
Muhandislik-narxlik tahlil
|
AQSH
|
1961
|
L.Maylz
|
|
Nazorat savollar
|
AQSH
|
1964
|
A.Osborn
|
|
Yetti karra izlash
|
AQSH
|
1964
|
G.Bush
|
|
Ratsional konstruksiya
|
AQSH
|
1966
|
R.Mak-Krori
|
|
Funksional loyihalash
|
Buyuk Britaniya
|
1966
|
YE.Metchett
|
|
Delfi
|
AQSH
|
1966
|
O.Xelmer
|
|
Muammolarni majmuaviy yechish
|
Chexislovakiya
|
1967
|
S.Vit
|
|
Psixoevristik dasturlash
|
Rossiya
|
1968
|
V.Chavchanidze
|
|
Nazorat savollar
|
Buyuk Britaniya
|
1969
|
T.Eyloart
|
|
Yechimga zinama-zina yondashish
|
AQSH
|
1969
|
A.Freyzer
|
|
Evristik usullar kutubxonasidan foydalanish
|
Rossiya
|
1969
|
A.Polovinkin
|
|
Funksional ixtiro
|
Buyuk Britaniya
|
1970
|
Mualliflar jamoasi
|
|
G‘oyalar anjumanlari
|
GDR
|
1970
|
V.Gilde, K.Shtarke
|
|
Tizimli evristika
|
GDR
|
1970
|
M.Myuller
|
|
Kano modeli
|
Yaponiya
|
1970
|
Noriaki Kano
|
|
Kreatikan
|
Fransiya
|
1970
|
M.Dimor, X.Ebert
|
|
Iste’mol narx asosdagi sarfni tahlil qilish
|
Olmoniya
|
1971
|
K.Tomas
|
|
Izlashni oʻnli matritsalari
|
Rossiya
|
1972
|
R.Povileyko
|
|
Ixtiro masalalarini yechishga tizimli-mantiqiy yondashuv
|
Rossiya
|
1972
|
V.Shubin
|
|
Tasodiflar va assotsiatsiyalar marjonlari uslubi
|
Rossiya
|
1972
|
G.Bush
|
|
Integrllashgan “Metra”
|
Fransiya
|
1972
|
N.Buven
|
|
Berk vaziyatlarni yoʻq qilish
|
Buyuk Britaniya
|
1972
|
Dj.Djons
|
|
Tizimlarni transformatsiya qilish
|
Buyuk Britaniya
|
1972
|
Dj.Djons
|
|
Bichmarking
|
AQSH
|
1972
|
|
|
Tuzilishli tahlil
|
Rossiya
|
1973
|
G.Altshuller
|
|
“Kichik odamchalar bilan” modellashtirish
|
Rossiya
|
1974
|
G.Altshuller
|
|
Fikrlshshning olti shlyapasi
|
AQSH
|
1974
|
T.Gollvey
|
Yuqorida bayon etilgan yangi g‘oyalarni izlashning uslublarini uch guruhga ajratiladi:
Fikrlashni psixologik faollashtirish uslublari.
Tizimlashtirilgan izlash uslublari.
Yoʻnaltirilgan izlash uslublari72.
Fikrlashni psixologik faollashtirish uslublariga aqliy hujum, teskari aqliy hujum, koʻlankalik aqliy hujum, kemalik kengash, fokal obyektlar uslubi, sinetika, analogiyalar usullari, RVS operaori, g‘oyalar anjumani, kichik odamchalar, assotsiatsiyalar marjoni va metaforalr oltita shlyapalar, kouching vaboshqa uslublarni kiritish mumkin.
Tizimlashtirilgan izlash uslublariga nazorat savollar roʻyxati, morfologik tahll, funksional tahlil, Metchett funksional lyihalash, fokal obyektlar, assotsiatsiyalar marjoni va metaforalar, koʻp qirrali ketma-ket sinflashtirish, optimal shakllar sintezi, tizimli iqtisodiytahlil va elementli konstruktiv yechimlarni ilash besh nima uchun va boshqa shu kabi uslublarni kiritsh mumkin.
Yoʻnaltirilgan izlash uslublariga R.Keller izlanishli konstruksiyalashning funksional-fizik uslubi, jodiy masalalarni yechish nazariyasi (TRIZ-IMEN) kabi uslublarni kiritish.
G‘oyalarni izlash uslublarini ichidan alohida boshqarishga oid uslublariga oltita sigma, sifatli boshqarishning yettita qurollari, AVS tahlil, tejamkorlikdagi ishlab chiqarish, nazorat varaqasi, Delfi, sochilgan diagramma, qarindoshlik diagrammasi, aloqalar diagrammasi, Pareto diagrammasi, Gistogrammalar, Isikavi diagrammalari, nazorat xaritalari, ustivorliklr matritsasi, Kano modeli, autsorsing, parallel muhandislik ishlanma, siyosatni yoyish, xatolarni himoyalash, koʻrinishlar va rad etishlar oqibatining tahlili, AVS benchmarking, Taguti, strelkachilik diagramma, strelkachilik xaritalar va boshqa shu kabi uslublarni kiritish mumkin.
Blits-soʻrov. Ushbu usul talaba (oʻquvchi)larni, harakatlar ketma-ketligini toʻg‘ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga oʻrganalayotgan predmet asosidan hilma-xil fikrlar ma’lumotlar ichidan kerakligini tanlab olishni, shu bilan bir qatorda, oʻzgalar fikrini oʻtkaza olish hamda oʻz faoliyati, kunini rejalashtira olishni oʻrgatishga qaratilgan.
Usulning maqsadi: ushbu usul orqali talabalarga tarqatilgan qog‘ozlarda koʻrsatilgan harakatlar ketma-ketligini avval yakka tartibda mustaqqil ravishda belgilash, kichik guruhlarda oʻz fikrini boshqalarga oʻtkaza olish yoki fikridan qolish, boshqalar bilan hamfikr boʻla olish kabi koʻnikmalarni shakllantirish.
Mashg‘ulotni oʻtkazish tartibi. Ushbu usul bir necha bosqichda oʻtkaziladi:
oʻqituvchi talabalarga ushbu mashg‘ulot bir necha bosqichda oʻtkazilishi haqida tushuncha beradi. Har bir bosqichga moʻljallangan vazifalarni bajarishga aniq vaqt berilishi, talabalar esa shu vaqtdan unumli foydalanishlari kerakligi haqida ularni ogohlantiradi;
oʻqituvchi hamma talabalarga alohida-alohida tarqatma material beradi va ulardan ushbu materialni sinchiklab oʻrganishlarini soʻraydi;
oʻqituvchi tarqatma material mazmuni va bajariladigan vazifa(tarqatma materialda berilgan harakatlar ketma-ketligini toʻg‘ri belgilash, belgini qog‘ozda alohida ajratilgan boʻlimga raqamlar bilan qoʻyish kerakligi)ni tushuntiradi;
tarqatma materialda berilgan vazifa dastlab yakka tartibda bajarilishini ta’kidlaydi;
har bir talaba oʻzining shaxsiy fikri asosidagi tarqatma materialdagi “yakka baho” boʻlimiga berilgan harakatlarning manttiqiy ketma-ketligini raqamlar bilan belgilab chiqadi;
talabalarning yakka tartibdagi ishlari tugagach, oʻqituvchi ulardan 3 kishidan iborat kichik guruhlar tashkil etishlarini soʻraydi. Kichik guruhlar talabalarning hohishlariga qarab yoki raqamlar boʻyicha tashkil etishi mumkin;
kichik guruhlardagi talabalarning har biri oʻz qog‘ozidagi “yakka baho” boʻlimida belgilangan harkatlar ketma-ketligi bilan bir-birlarini tanishtiradilar, keyin ular 3 kishida uch xil boʻlgan ketma-ketlikni birgalashib kelishgan holda tarqatilgan qog‘ozdagi “guruh bahosi” boʻlimiga muqobil raqamlarni belgilab chiqadilar;
bacha kchik gruhlar oʻz ishlarni tugatgach, oʻqituvchi harakalar ketma-ketligi boʻyicha toʻg‘ri javobni beradi ya’ni talabalardan ularga tarqatilgan qog‘ozlardagi “toʻg‘ri javob” boʻlimiga u tomonidan aytilggan harakatlar ketma-ketligi raqamlarini yozishni soʻraydi;
oʻqituvchi “toʻg‘ri javob” boʻlimda berilgan raqamlar bilan “yakka xato” hamda “guruh bahosi” boʻlimidagi raqamlarni solishtirish va kattasidan-kichigini ayirish, ayirmalarni mos holda “yakka xato” va “guruh xatosi” boʻlimlariga yozishlarini soʻraydi;
oʻqituvchi yakka va guruh xatolarinig umumiy soni boʻyicha tushunchacha beradi va ularning har birini alohida-alohida sharhlab beradi;
oʻqituvchi mashg‘ulotni yakunlab, ba’zi guruhlarning mashg‘ulot mobaynidagi ish faoliyatlariga oʻz fikrini bildiradi va talabalarning bilimini ilovadagi mezonlar asosida baholaydi yoki mos kelgan toʻg‘ri javoblar soniga qarab har bir talaba oʻz bahosini ilovada koʻrsatilgandek aniqlaydi73.
Blits-soʻrov: Kasbiy ta’lim
Dostları ilə paylaş: |