Namuna: “Ommaviy madaniyatning insonlarga ta’siri” mavzusi boʻyicha quyidagi fikrlaringizni bayon eting:
F-fikringizni bayon eting;
S-fikringiz bayoniga sabab koʻrsating;
M- koʻrsatgan sababingizni asoslovchi misol keltiring;
U-fikringizni umumlashtiring.
Kungaboqar. Talabalar 4-5 kishidan iborat boʻlgan guruhlarga boʻlinadi. Oʻqituvchi oʻquv predmeti mavzusidan kelib chiqib, oʻrtaga 1ta muammo yoki asosiy muammodan kelib chiqib har bir guruhga bittadan muammo tashlaydi. Har bir guruh bittadan kungaboqar yasab, uning markaziga doira yopishtirib, barglar yopishtiradi [8. – B.109].
Mavzuga qarab, doiraga yoki umumiy bitta muammo yoki har bbir guruhnig muammolari yozilib doskagayopishtiriladi (yetarl miqdorda qog‘oz baglar oldidan tayyolab qoʻyilshi kerak).
Ajratilgan vaqt ichida guruhlar birgalikda fikrlashib, umumiy yoki bir-birlarining muammolari boʻyicha fikr almashmoqchi boʻlsalar fikrlarini bargga yozib, uni oʻsha guruh muammosi yozilgan gulga joylashtirib qoʻyadilar va har bir guruhning “muammoli guli” vaqt oʻtishi bilan oʻsib boraveradi.
Oʻqituvchi barcha guruhlar qatnashchilariga muammonning eng qulay yechish yoʻllarini topishga doim yordam berib boradi.
Bu uslubdan oʻtilgan mavzuni tushuntirish, uni mustahkamlash va takrorlash hamda talabalar egallagan bilimlarni aniqlashda foydalanish mumkin. Uslub, talabalrga muammolarni yechish, umumlashtirish, mustaqil fikrlash va fikrlarini erkin bayon qilishga oʻrgatadi76.
Namuna: Kasb – hunar ta’limi jarayonlari tahlili va asosiy didaktik tushunchalarning ta’lim jarayonidagi oʻrni.
Guruhlarga ajratiladi. Ajratilgan vaqt (5-10minut). Birinchi guruh ishi quyidagicha taqdimot qilishi mumkin.
Labirint texnologiyasi.Texnologiya talaba (oʻquvchi)larning oʻquv va hayotiy faoliyatlarida uchraydigan turli holat va vaziyatlardan oʻz obroʻlarini saqlagan holda chiqish, vaziyatni toʻg‘ri baholash va tezlik bilan kerakli yechimini topish koʻnikmalarini shakllantirish, shu boradagi malakalarini oshirishga koʻmaklashish, ularning fikrlash qobiliyatini va nurqiy faoliyatini oʻstirish hamda muloqot qilish madaniyatini shakllantirish [7. – B. 39].
Oʻqituvchi mashg‘ulot boshlanishi oldidan talabalar uchun, stullardan doira shaklidan joy tayyorlaydi.
Muammo beriladi.
Muammoning 2 yechimi oʻqituvchi tomonidan beriladi.
Talaba 1 ta variantni tanlaydi.
Tanlangan variantlar izohlanadi (nima uchun tanlanganini).