Umumiy pedagogika



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə194/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

Texnologiyaning maqsadi: talabalarning oʻquv va hayotiy faoliyatlarida uchraydigan turli holat va vaziyatlardan oʻz obroʻlarini saqlagan holda chiqish, vaziyatni toʻg‘ri baholash va tezlik bilan kerakli yechimni topish koʻnikmalarini shakllantirish, shu boradagi malakalarini
oshirishga koʻmaklashish, ularning fikrlash qobiliyati va nutqiy faoliyatini oʻstirish hamda muloqot qilish madaniyatni shakllantirish.
Mashg‘ulotn oʻtkazish tartibi: oʻqituvchi mashg‘ulot boshlanishi oldida talabalar uchun stullardan doira shaklida joy tyyorlaydi (doira shaklidagi joyning oʻrtassiga savvatdagi guldasani qoʻyish maqsadga muvofiq. Joyning bunday jihozlanishi mashg‘ulotniqiziqarli va jonli oʻtishiga yordam beradi. Imkon boʻlsa. Bunday mashg‘ultni ochiq havoda, tabiat qoʻynid oʻtkazilsa, u holda talabalar yashil mysalar ustida doira shaklida bemalol joylashib olsalar ham boʻladi).
Oʻqituvchi mashg‘ulot boshlanishi bilan talabalarni shu davradan joy egallashlarini soʻraydi.
Soʻngra talabalarning faoliyati rang-barang va hamisha turli qiziq voqealar, hodisalar, vaziyatlarga boy ekanligi haqidagi qisqacha suhbat bilan mashg‘ulotni boshlaydi. Misol tariqasida oʻqituvchi, talabalar faoliyatida uchragan yoki uchraydigan vaziyatlardan biri toʻg‘risida gapirib beradi va shu vaziyatdan chiqish yoʻlini soʻraydi yoki oʻqituvchi vaziyatni aytib, uning uchta yechimini ham aytadi va talabalardan uchta toʻg‘ri variantdan bittasini tanlashlarini va nima uchun shu variantni tanlaganliklarini tushintirib berishlarini soʻraydi. Shundan soʻng oʻqituvchi talabalarni hohishlariga koʻra, uch kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi va ularga har bir kichik guruh a’zolari oʻz ish tajribalardan kelib chiqqan holda oʻquv va tarbiyaviy jarayonlarda oʻqituvchi va talabalar faoliyatida uchraydigan yoki uchragan biron-bir muammoli vaziyatlarni eslashlari, ulardan eng qiziqarli, eng muammolisini tanlab, ularning yechimini (vaziyat muammoning yechimini uch variantdan test yoki aniq bir javobdan iborat boʻlishi mumkin) ham topib qoʻyish topshirig‘ini beradi.
Oʻqituvchi yordamida har bir kichik guruh navbati bilan oʻzlari tayyorlagan vaziyat yoki muammolarni boshqalarga og‘zaki bayon etadilar. Kichik guruhlar tomonidan aytilgan vaziyat yoki muammoni yechimini topish uchun oʻqituvchi ularga aniq vaqt belgilab beradi. Berilgan vaqt ichida kichik guruh a’zolari vaziyat yoki muammo yechimini topishga harakat qiladilar, vaqt tugagach. guruhlarning javoblari tinglanadi. Masalan, avval bir kichik guruh tanlagan vaziyat yoki muammo yana bir marotaba esga tushiriladi va qolgan kichik guruhlar navbati bilan ushbu vaziyat va muammoga oʻz yechimlarini aytadilar. Barcha kichik guruhlar oʻzlari tanlagan javoblarini aytib boʻlishgach, vaziyat yoki muamoni oʻrtaga tashlagan kichik guruhning oʻzi toʻg‘ri yechim haqida fikr bildiradi. Oʻqituvchi ham shu vaziyat yoki muammoga nisbatan oʻz fikrini bildiradi va bildirilgan barcha kichik guruh fikrlarni umumlashtiradi. Soʻngra ikkinchi guruh oʻrtaga tashlagan vaziyat yoki muammoni muhokamasiga oʻtiladi, shu kabi davradagi guruhlar tomonidan oʻrtaga tashlangan barcha vaziyat yoki muammolar muhokamasi oʻtkaziladi.
Mashg‘ulot oxirida oʻqituvchi talabalar va guruhlar ishiga baho beradi va vaziyat yoki muammolarni yechimini topishda nimalargga koʻproq e’tibori qaratish kerakligi toʻg‘risda tavsiyalar beradi, soʻngra mashg‘ulotni yakunlaydi77.

Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin