Har qanday oʻyinlar kabi pedagogik jarayonlarda foydalaniladigan oʻyinlar ham oʻzining aniq maqsadi va natijasiga ega boʻladi.
Ta’lim muassasalarida koʻp holatlarda rolli va kasbiy xarakterga ega ishbilarmonlik oʻyinlaridan foydalaniladi. Muhimi pedagogik maqsadlarda qoʻllaniladigan oʻyinli texnologiyalarining asosini talabalarning faollik va tezkorlikka asoslangan faoliyati tashkil etadi.
Pedagogik oʻyinlar yangi oʻquv materialini oʻzlashtirish, mustahkamlash, talabaning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, umumiy kasbiy tayyorgarlik koʻnikma, malakalarini shakllantirish kabi masalalarni yechishga qaratiladi. Ular yordamida talabalar turli holatlardan oʻquv materialini tushunish, uning negizida ma’lum koʻnikma, malaka va sifatni oʻzlashtirish imkoniyatiga ega boʻladi. Mashhur pedagog olim G.K.Selevko pedagogik oʻyinlarni quyidagi tartibda tasniflagan:
Pedagogik o’yinlar tipologiyasi (G.K. Selevko)
Ayni oʻrinda oʻyin metodikasiga koʻra guruhlangan oʻyin texnologiyalarining mohiyati xususida soʻz yuritiladi.
Didaktik oʻyinlar. Sujetli oʻyinlar. Rolli oʻyinlar. Ishbilarmonlik oʻyinlari. Imitatsion oʻyinlar. Dramatik oʻyinlar. 1. Didaktik oʻyinlar – oʻrganilayotgan ob’yekt, hodisa, jarayonlarni modellashtirish asosida oʻquvchilarning bilishga boʻlgan qiziqishlari, faolliklarini oshiradigan oʻquv faoliyati turi hisoblanadi. Bu kabi oʻyinlar oʻquvchilar tomonidan ijtimoiy-foydali mehnat va oʻqish koʻnikmalarini faol oʻzlashtirishda muhim ahamiyatga ega boʻlib, ularning ahamiyati natijalar bilan emas, balki jarayonning mazmuni va kyechishi bilan belgilanadi; bu kabi oʻyinlar bolalarni ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishga tayyorlaydi, ulardagi turli psixologik zoʻriqishlarni kamaytiradi.