2. Sujetli oʻyinlar – pedagogik voqelik, hodisalar bayonining muayyan izchilligi va unda ishtirok etayotgan Shaxslar faoliyatining oʻzaro bog‘liqligiga asoslangan oʻyinlar sanaladi. Bu kabi oʻyinlar odatda pedagogik muammolarning yechilmini izlash, ta’im-tarbiya jarayonida yuzaga kelgan muammoli vaziyatlarni bartaraf etish, Shaxsni qayta tarbiyalash maqsadida qoʻllaniladi.
3. Rolli oʻyinlar– ma’lum bir Shaxsning vazifa va majburiyatlarini bajarishdagi ruhiy holati, xatti-harakatlar mohiyatini ochib berishga yoʻnaltirilgan oʻyinlar, ularda rollar majburiy mazmuni bilan taqsimlanadi. Rolli va ishbilarmonlik oʻyinlari oʻquvchilarni muayyan jarayonga tayyorlash, ularda ma’lum hayotiy voqelik, hodisalar jarayonida bevosita ishtirok etish uchun dastlabki koʻnikma-malakalarni hosil qilishga xizmat qiladi. Ta’lim jarayoni ishtirokchilari (oʻquvchilar, ota-onalar, pedagogik jamoa a’zolari, ta’lim muassasalarining rahbarlari, jamoatchilik tashkilotlarning vakillari va b.) sifatida turli rollarni bajarish talabalarga pedagogik faoliyat mazmuni bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratsa, oʻquvchilarga ma’lum faoliyatni samarali tashkil etishga nazariy, amaliy, eng muhimi, ruhiy jihatdan tayyorlanishga yordam beradi.
4. Ishbilarmonlik oʻyinlari– ma’lum faoliyat, jarayon yoki munosabatlar mazmunini yoritish, ularni samarali, toʻg‘ri, oqilona uyushtirishga doir koʻnikma, malaka hamda sifatlarni oʻzlashtirish maqsadida tashkil etiladigan oʻyinlar. Bu turdagi oʻyinlar ta’lim oluvchilarda aniq faoliyat yoʻnalishida zarur BKM va sifatlarni shakllantirish yoki rivojlantirish maqsadida tashkil etiladi. Shu jihatdan ishbilarmonlik oʻyinlari ishlab chiqarish jarayoni, kasbiy faoliyatning modellashtirilishini anglatadi. Ishbilarmonlik oʻyini talabalarda kasbiy sifatlarni hosil qilish bilan birga Shaxsiy sifatlarni ham tarbiyalaydi, ularning ijtimoiylashuvini ta’minlaydi.
5. Imitatsion oʻyinlar– ishlab chiqarish korxonalari, ish oʻrinlari, firmalar, tashkilotlarda xodimlar tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatni imitatsiyalash (taqlid qilish, koʻchirish) asosida talabalarni muayyan amaliy yoki kasbiy faoliyatga samarali tayyorlashga yoʻnaltiradigan oʻyinlar. Bu turdagi oʻyinlar ssenariyasi, sujetidan tashqari, imitatsiya jarayoni, ob’yektlarning tarkibiy tuzilmasi va ahamiyatini toʻla ochib berish maqsadida modellashtiriladi. Imitatsion oʻyinlar jarayonida ta’lim oluvchilar muayyan operatsiyalarni, xususan, masalalar yechish, ma’lum bir usulni oʻzlashtirish imkoniyatiga ega boʻladi.