Umumiy pedagogika


ishtirokchilarning bir-birlarini tushuna olishlari va qo‘llashi



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə205/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

ishtirokchilarning bir-birlarini tushuna olishlari va qo‘llashi

Pedagogik oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi.
Oʻyin jarayoniga hech kim xalaqit qilmasligi kerak. Zaruriyat boʻlsagina faqat boshlovchi ishtirokchilarning harakatlarini tuzatishi, ularni toʻg‘ri yoʻnaltirishi mumkin.
Pedagogik maqsadlarda qoʻllaniladigan oʻyinlar quyidagi texnologiyaga ega:
Har qanday jarayon singari oʻyin yakunida uning tashkil etilishi, oʻtkazilishi yuzasidan muhokama uyushtirish zarur. Muhokama chog‘ida oʻyin ishtirokchilari, tomoshabin (jamoaning oʻyina ishtirok etmagan a’zolari), ekspertlar oʻyinning tashkil etilishi va oʻtkazilishi yuzasidan oʻz fikr-mulohazalari, takliflarini bildiradi.
Muhokama jarayoni quyidagi tartibda tashkil etiladi:
- taqrizchilarni chiqishlari;
- fikrlar almashinuvi;
- ishtirokchilarning oʻz qarorlari va xulosalarini himoya qilishlari;
- oʻyinga yakun yasash.
Oʻyin texnologiyalarining metodik ta’minoti loyiha, oʻyinning mezonlari, ish qog‘ozlari (metodik koʻrsatmalar), oʻyin mohiyatini yorituvchi hujjatlar (ssenariy) kabilardan iborat. Pedagogik jarayonda qoʻllaniladigan oʻyinlar sub’yekt faoliyatini taqozo etadigan hamda mashina (kompyuter) oʻyinlari tarzida farqlanadi. Oʻyinlar chog‘ida turli vositalar (kompyuter, imitatsion trenajyorlar, sport anjomlari (koptok, arqon, halqa), xomashyolar (plastlin, yumshoq oʻyinchoqlarni yasash uchun materiallar, rangli qalamlar, ish qog‘ozlari, oʻyinchoqlar legolar, konstruksiyalar, dekoratsiyalar kerak boʻladi.
Oʻquv jarayonida oʻyin texnologiyalarining oʻrni, roli, shuningdek, oʻyin elementlari hamda ta’limning oʻzaro uyg‘unligi koʻp jihatdan oʻqituvchi tomonidan pedagogik oʻyinlar mohiyati, funksiyasi va turlarining qanchalik tushunilishi bilan belgilanadi. Aksariyat pedagogik oʻyinlar oʻzida quyidagi belgilarni namoyon qiladi
- ijodiy topshiriqlar;
- kreativ yondashishni taqozo etuvchi vazifalar;
- muammoli vaziyatlar;
- rolli va ishbilarmonlik oʻyinlari;
- bahs-munozara, debat;
- musobaqa koʻrinishidagi bellashuvlar.

Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin