Ta’lim-tarbiya jarayonida tarbiyaviy ishlar texnologiyasi. Tarbiyaviy ishlar va ularni tashkil etish hamda boshqarishning nazariy aspektlari
Мilliy mafkura vazifalari maxsus tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar, shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonida va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda amalga oshiriladi.
A. Oʻquvchilar faoliyatining darsdan tashqari tizimini loyihalash. Darsdan tashqari faoliyat tizimi oʻqitishning nazariy va amaliy tizimini toʻldiradi. Uning asosiy vazifasi oʻquvchilarning oʻqishdan tashqari vaqti mobaynida oʻzini-oʻzi tarbiyalash va ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanish uchun oqilona taqsimlashga yordam berishdir.
Oʻquvchilarning darsdan tashqari faoliyatini loyihalash vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
ijtimoiy moslashuv doirasini tashkil etish va oʻquvchilarning ijtimoiy harakatchanligini koʻrsatish;
oʻquvchilarni mustaqil ravishda ta’limni davom ettirishga yoʻnaltirish;
har bir oʻquvchining qobiliyati, qiziqish va ishtiyoqlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
oʻquvchilarga boʻsh vaqtlaridan unumli foydalanishni va dam olishni oʻrgatish.
Darsdan tashqari faoliyat tizimi koʻp komponentli boʻlib, oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini quyidagi tarkibda, tartibda, shaklda va joylarda amalga oshirilishi mumkin:
alohida fanlarni chuqur mustaqil oʻrganish chog‘ida;
ta’lim muassasasidan tashqaridagi madaniy dam olishning turli shakllarida.
Oʻquvchilarning darsdan tashqari faoliyat tizimining oʻziga xosligi shundaki, uning har bir komponenti alohida loyihalashtiriladi va har doim ham pedagogik ta’sir doirasi bilan qamrab olinmaydi.