6. Dramatik oʻyinlar (psixologik va ijtimoiy dramalar) – psixologik hamda ijtimoiy masalalarni hal qilishga yoʻnaltirilgan oʻyinlar boʻlib, ular tashkil etilishi, metodik xususiyatlariga koʻra rolli va ishbilarmonlik oʻyinlariga yaqin. Odatda psixologik va ijtimoiy xarakterdagi dramatik oʻyinlar jamoadagi muhitni yaxshilash, Shaxslararo munosabatlarning ijobiy boʻlishiga erishish, muloqotga kirisha olish, jamoada yagona birlikni qaror toptirish, oʻzgalarning ruhiy holatini toʻg‘ri baholash, og‘ir vaziyatlarga duch kelgan sub’yektlarga yordam koʻrsatish hamda samarali, unumli faoliyat koʻrsatish uchun zarur sharoitni yaratishga xizmat qiladi.
Pedagogik jarayonda oʻyinlardan foydalanishda ayrim jihatlarga e’tibor qaratish lozim. Jumladan:
Ta’lim jarayonida oʻyin texnologiyalarini qoʻllashga qoʻyiladigan talablar Barcha oʻyinlarda boʻlgani kabi pedagogik oʻyinlar jarayonida ham ishtirokchi-talabalar faol holatda boʻladi, sheriklari bilan oʻzaro munosabatga kirishadi, shuningdek, oʻz qarashlarini sheriklariniki bilan taqqoslash, jamoa bilan zarur munosabatni oʻrnatish orqali oʻzini oʻzi oʻrganadi.
Ssenariy va uning mohiyati muhim ahamiyatga ega. Zero, aynan ssenariygina tegishli ta’lim, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarga erishish imkoniyatini ta’minlaydi. Oʻqituvchilar oʻyin ssenariylarini tayyorlashga alohida e’tibor qaratishlari, ssenariyni tayyorlash malakasiga ega boʻlishlari zarur.
Pedagogik xarakterdagi oʻyinlarning tarkibiy tuzilmasi quyidagilardan iborat:
Ta’lim jarayonida oʻyin texnologiyalari qoʻllash quyidagilarga asoslanadi:
- guruhni shakllantirish;
- mashg‘ulotlarning bosh maqsadini ifodalash;
- muammoli vaziyatni vujudga keltirish;
- rollarni taqsimlash,
- oʻyin reglamentini oʻrnatish;
- materiallar, yoʻriqnomalar, qoidalar va koʻrsatmalar toʻplamini tarqatish;
- maslahat berish
Oʻyin texnnologiyalarini qoʻllashda rollar qur’a tashlash yoʻli bilan taqsimlanadi. Bunda rollar nomi yozilgan kichik qog‘ozchalarda foydalanish mumkin. Rollarning talabalar oʻrtasida qur’a asosida taqsimlanishi kelib chiqish ehtimoli boʻlgan noroziliklarning oldini oladi. Oʻyin jarayonida belgilangan vaqt (reglament)ga, muloqot odobiga rioya etish, faollik koʻrsatish hamda oʻyinni oxirigacha davom ettirish kutilgan natijani kafolatlaydi. Shuningdek, quyidagi omillar pedagogik maqsadlarda oʻyin texnologiyalaridan samarali foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi:
har ishtirokchining o‘yin natijasi uchun mas'uliyatni his etishi
barcha ishtirokchilar imkoniyatlarining yagona maqsadga yo‘naltirilishi