Umumiy pedagogika



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə200/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

Tushunchalar

Tushunchalar mazmuni

Interfaol




An’anaviy ta’lim




Interfaol ta’lim




Blum taksonomiyasi


Interfaol ta’limga asoslangan ta’limiy harakatlar




Refleksiya


Kognitiv


Eksperimental


Rolli oʻyinlar, modellashtirish


Fasilitatsiya


Vizual


Audial


Kinestetik


Blits-soʻrov

Guruh bahosi

Guruh xatosi

Toʻg‘ri javob

Yakka xato

Yakka baho

Tushunchalar



Tushunchalarga izoh
















Tyutor

Ta’lim mazmunini yaratuvchi, modullarini ishlab chiquvchi
















Mentor

Oʻquvchilarning koʻnikmalarini rivojlantiruvchi mashqlar oʻtkazuvchi maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan mutaxassis
















Fasilitator

Masofadan oʻqitish dasturlarini yaratuvchisi va bajarilishini ta’minlovchi
















Konsultant

Darsda koʻmakchi, yoʻnaltiruvchi, jarayonga javob bermaydi, xulosa chiqarmaydi
















Innovator

Maslahat beruvchi, tushuntiruvchi, qoʻshimcha ma’lumot beruvchi
















Assistent

Nazariy ma’lumotlar bilan tanishtiruvchi
















Kouch

Kuzatish, tahlil, tekshirish, xulosa, tavsiya, taklif, mulohaza bildirish
















Lektor

Yangiliklarni ta’lim mazmuni va mashg‘ulotlar jarayoniga joriy qiluvchi
















Sekretar

Tashkiliy–pedagogik va iqtisodiy masalalarni hal etuvchi
















Ekspert

Kuzatish, tahlil qilish va xulosalarni bayon qilish
















Spekter

Mashg‘ulot uchun tayyorlangan vositalarni amalda qoʻllashga tayyorlash, mashg‘ulot ishtirokchilariga yordam koʻrsatib turish
















Metodist

Zarur ma’lumotlarni yozib borish, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish, oʻrnatilgan tartibda saqlash
















Menejer

Pedagogik texnologiya mutaxassisi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosidagi dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni hal etib boradi
















Texnolog

Ta’lim-tarbiya metodlari boʻyicha mutaxassis. Dasturlarni ishlab chiqishda va amalga oshirish jarayonida metodik masalalarni hal etib boradi

Tushunchalar tahlili” metodi



Tushunchalar

Tushunchalar mazmuni

Breynstorming metodi


Insert jadvali


Yumaloqlangan qor


Baliq skeleti




T-jadval




Klaster




BBB


Nima uchun sxemasi




Toifalash jadvali






13-mavzu: Ta’lim jarayonida o‘yin texnologiyalarilarini qo‘llash. Tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishga texnologik yondashuv va uni loyihalash




Reja:

  1. Oʻyin texnologiyalari haqida tushuncha.

  2. Pedagogik oʻyinlarning asosiy belgilari. G.K.Selevkoning pedagogik oʻyinlar tipologiyasi.

  3. Ta’lim jarayonida oʻyin texnologiyalarini qoʻllashga qoʻyiladigan talablar.

4. Ta’lim-tarbiya jarayonida tarbiyaviy ishlar texnologiyasi (Tarbiyaviy ishlar va ularni tashkil etish hamda boshqarishning nazariy aspektlari)


Tayanch tushunchalar: pedagogik oʻyinlar, oʻyin turlari, didaktik oʻyin,ishbilarmonlik oʻyinlari, rolli oʻyinlar
Mavzuning qisqacha mazmuni: ushbu mavzuda pedagogik oʻyinlarning turlari, didaktik oʻyinlarga qoʻyiladigan talablar, oʻyin qoidalari va ssenariysini yaratish tartibi haqida soʻz yuritiladi.
Bugungi kunda biz nega ba’zi ta’lim oluvchilarning oʻqishga boʻlgan ishtiyoqi pasayib borayotganini bilishimiz kerak va buni amalga oshirish jarayonida barcha oʻqishga qiziqishi kam talabalarni bir xil sabab va muolaja soyaboni ostida birlashtirishni rad etishimiz kerak”83- deydi amerikalik pedagog A.Muur.
Zamonaviy sharoitda talabalarning oʻquv-bilish faolliklarini kuchaytirish, oʻqitish sifatini oshirish va samaradorligini yaxshilash maqsadida innovatsion xarakterga ega ta’lim shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda amaliy oʻyinlar, muammoli oʻqitish, interfaol ta’lim, modul-kredit tizimi, masofali oʻqitish, blended learning (aralash oʻqitish) va mahorat darslari ta’limning innovatsion shakllari sifatida e’tirof etilmoqda.
Ayni oʻrinda ta’limda innovatsion xarakterga ega pedagogik oʻyinlar toʻg‘risida soʻz yuritiladi.


  1. O‘yin – kishilik faoliyatining muhim turi hamda ijtimoiy munosabatlar mazmunining bolalar tomonidan imitatsiyalash (ko‘chirish, taqlid qilish) asosida o‘zlashtirish shakli sanaladi


    Amaliy oʻyinlar. Dastlab “oʻyin” tushunchasining mohiyatini anglab olish talab etiladi.




Amaliy o‘yinlar – muayyan amaliy harakatlarning tashkil etilishini imitatsiyalash imkoniyatini beradigan o‘yinlar

Zamonaviy ta’lim amaliyotida amaliy-innovatsion xarakterga ega oʻyinlardan samarali foydalanilmoqda.
Ta’lim amaliyotida qoʻllaniladigan amaliy oʻyinlar oʻz-oʻzidan didaktik xususiyat kasb etadi, shu sababli ular koʻp holatlarda “didaktik oʻyinlar” deb yuritiladi.
Kishilik tarixiy taraqqiyotining barcha davrlarida ham oʻyin sub’yekt faoliyatining eng birinchi va muhim turi sifatida tan olingan. Binobarin, Shaxs faoliyatining muhim turlari – mehnat, oʻqish bilan birga oʻyin ham uning shakllanlanishi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻyinlar vositasida katta avlod tomonidan toʻplangan hayotiy tajriba, oʻzlashtirilgan bilim, turmush tarzi va ijtimoiy munosabat asoslari, madaniy qadriyatlar yosh avlodga izchil uzatib kelingan.
Oʻyin shaxsni tarbiyalash, rivojlantirish va ta’lim berish xususiyatlariga ega. Mavjud xususiyatlari tufayli oʻyinlar qadim-qadimdan xalq pedagogikasining muhim asoslaridan biri boʻlib kelmoqda. Oʻyinlar bolalarda idrok, sezgi, xotira, tafakkur, nutqni rivojlantirishga yordam berish orqali ularni ma’naviy-axloqiy, aqliy, jismoniy va estetik jihatdan tarbiyalashga xizmat qiladi. “Maktabgacha yoshdagi bola oʻyin faoliyatida oʻqish va mehnatga tayyorlanadi. Yosh ulg‘aygan sari oʻyinning roli biroz kamayib boradi. Oʻyinlarning tarbiyaviy ahamiyati bolaning butun hayoti davomida saqlanib qoladi”84.
Agarda jismoniy xatti-harakatlarni rivojlantirishga xizmat qiladigan oʻyinlar bolalarda chaqqonlik, epchillik, chidamlilik, qat’iylikni tarbiyalasa, intellektual, konstruksiyali oʻyinlar ularni oʻylashga, fikrlashga, mantiqiy tafakkur yuritishga oʻrgatadi.
“Oʻyin inson hayotining har bir davri uchun uning ruhiy rivojlanishini belgilovchi etakchi faoliyat turi hisoblanadi. Faqat oʻyinda va oʻyin orqali bola voqelikni, shu jumladan, kishilar ijtimoiy munosabatlarini, hulqini, xatti-harakatlarini bilib oladi”85.
Tarixiy taraqqiyot jarayonida oʻyin nafaqat bolalar, balki kattalar hayotidan ham alohida oʻrin egallagan. Zamonaviy sharoitda intellektual, kompyuter, iqtisodiy, harbiy, kasbiy, sport va maishiy hodiq chiqarishga koʻmaklashadigan oʻyin modellari ham kattalar orasida keng ommalashgan.
Zamonaviy pedagogikada oʻyinlar ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish, ta’lim oluvchilarning oʻquv-bilish faolligini kuchaytirish maqsadida quyidagi tarzda qoʻllaniladi:

- tushuncha, mavzu va alohida bo‘lim mohiyatini
o‘zlashtirishda alohida texnologiya sifatida;
- pedagogik texnologiyalarning elementi sifatida;
- o‘quv mashg‘uloti shakli yoki uning bir qismi sifatida;
- sinf (auditoriya)dan tashqari ishlardan biri

Oʻyinning mohiyati va tuzilishi ma’lum koʻnikma, malaka, qobiliyat va sifatlarning har bir ishtirokchida butun faoliyat davomida shakllanishini ta’minlaydi. Ta’lim jarayonda oʻyin texnologiyalaridan foydalanishda oʻqituvchi pedagogik vazifalarni ssenariyda aniq ifodalay olishi zarur.


Oʻyin faoliyatining psixologik mexanizmlari Shaxsning oʻzini namoyon qilish, hayotdagi oʻrnini belgilash, oʻzini oʻzi boshqarish, imkoniyatlarini amalga oshirishdan iborat asosiy ehtiyojlarni qondirishga sharoit yaratadi.
Oʻyin ijtimoiy tajribalarni oʻzlashtirish va qayta yaratishga yoʻnalgan vaziyatlarda faoliyat turi sifatida belgilanadi hamda jarayonda Shaxsning oʻz xulqini boshqarishi shakllanadi va takomillashadi.
Oʻquv faoliyatining asosiy motivi bu– oʻquv-bilish motivi boʻlsa, oʻquv faoliyatining eng muhim motivatsiyasi esa talabada oʻzi tanlangan va asoslarini oʻzlashtirayotgan kasbga boʻlgan qiziqishi sanaladi. Talaba oʻquv jarayonidagi egallagan bilimlaridan, kasbiy malakalari va koʻnikmalaridan hissiy jihatdan qoniqa olishi lozim. Bu vazifani hal qilishda oʻqitish jarayonida oʻyinli texnologiyalardan foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. Oʻyinli texnologiyalar talabalarning ijodiy qobiliyati va kreativ tafakkurini oʻstiradi.

Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin