Pedagogik oʻyinlarning asosiy belgilari. G.K.Selevkoning pedagogik oʻyinlar tipologiyasi Pedagogik maqsadda foydalanilayotgan oʻyinlar oʻyin texnologiyalari deb nomlanadi.
Oʻyin texnologiyalari (oʻyin ta’limi) – ijtimoiy tajribalarni oʻzlashtirishning barcha koʻrinishlari: bilim, koʻnikma, malaka hamda hissiy-baholovchi faoliyat jarayonini hosil qilishga yoʻnaltirilgan shartli oʻquv vaziyatlarini ifodalovchi Shaxsga yoʻnaltirilgan ta’lim (pedagogik texnologiya) turlaridan biri.
Oʻyin texnologiyalari ta’lim oluvchilarni muayyan jarayonga tayyorlash, ularda ma’lum hayotiy voqelik, hodisalar jarayonida bevosita ishtirok etish uchun dastlabki koʻnikma, malakalarni hosil qilishga xizmat qiladi. Ta’lim jarayoni ishtirokchilari (ta’lim oluvchilar, ota-onalar, pedagogik jamoa a’zolari, ta’lim muassasalarining rahbarlari, jamoatchilik tashkilotlarining vakili va boshqalar) sifatida turli rollarni bajarish talaba (oʻquvchi)larga pedagogik faoliyat mazmuni bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratish asosida ma’lum faoliyatni samarali tashkil etishga nazariy, amaliy va ruhiy tayyorgarlikka erishish nuqtayi nazaridan yordam beradi.
Oʻquv mashg‘ulotlarida oʻyinlar va oʻyinli vaziyatlarni qoʻllash quyidagi asosiy yoʻnalishlarda amalga oshiriladi
- didaktik maqsad talabalar oldiga oʻyinli topshiriq shaklida qoʻyiladi;
- oʻquv faoliyati oʻyin qoidalariga boʻysundiriladi;
- didaktik oʻquv materialdan oʻyin vositasi sifatida foydalaniladi;
- oʻquv faoliyatida didaktik vazifani oʻyin vazifasiga aylantiruvchi musobaqa elementi qoʻllaniladi;
- muvaffaqiyatli bajarilgan didaktik topshiriq oʻyin natijasi sanaladi
Oʻquv jarayonida oʻyin texnologiyalarining oʻrni, roli, shuningdek, oʻyin elementlari hamda ta’limning oʻzaro uyg‘unligi koʻp jihatdan oʻqituvchi tomonidan pedagogik oʻyinlar mohiyati, funksiyasi va turlarining qanchalik tushunilishi bilan belgilanadi. Aksariyat pedagogik oʻyinlar oʻzida quyidagi belgilarni namoyon qiladi: