Breynstorming. Bu termin inglizcha soʻz boʻlib, u ikki tushunchadan iborat: brain-miya, storming-xujum, boʻron, qattiq xayajon. Ushbu metodni «miyani xayajonga solish» deb yuritilishi, uning asl mohiyatini ochib beradi, lekin ba’zida ushbu metodni «jamoaviy ijodiy fikrlash» deb ham tushunsa boʻladi. Rus tilidagi tarjimada ushbu metod «Mozgovaya ataka», oʻzbek tilida esa «Aqliy xujum» yoki «Fikrlar xujumi» deyilishi uning asl mohiyatini saqlashga yordam beradi. Bu metod 15 kishidan ortiq boʻlmagan guruhlarda oʻtkaziladi.
Asosiy prinsip: erkin muloqot-munozara jarayonida berilgan mavzu asosida yangi novatorlik g‘oya, fikrlar toʻplanadi. Aytilgan g‘oya, fikrlarning sifatiga emas, ularni qanchalik koʻp aytilganiga e’tibor qaratiladi.
Aytilgan g‘oya, fikrlar muhokama ham, tanqid ham qilinmaydi. Munozara erkin va oʻzaro samimiy munosabat holatida oʻtkaziladi. Toʻplangan g‘oya, fikrlar asosida mavzu boʻyicha umumiy fikr shakllantiriladi. Aytilgan g‘oya, fikrlarning sifati va ular asosida tuzilgan umumiy g‘oya, fikrlarning qay darajada muhimligi shu muammo yoki mavzu bilan yaxshi tanish boʻlgan mutaxassis-ekspertlar tomonidan baholanadi.
Ushbu jarayonda oʻqituvchining asosiy vazifasi – imkoni boricha har bir aytilgan g‘oya, fikrni toʻplab borishdan iborat.
Breynrayting.Ushbu metodni qoʻllanishi breynstorming metodiga oʻxshash boʻlib, faqat bu metodda barcha g‘oya, fikrlar yozma bayon etiladi. Bu esa oʻz g‘oY. fikrlarini og‘zaki bayon etishga uyaladigan yoki qiynaladigan ba’zi tinglovchilar uchun qulaylik yaratadi
Oʻquvchi-talabalar tomonidan yozilgan fikrlar, g‘oyalarning imlo va grammatik xatolariga e’tibor qaratilmaydi hamda yozilgan fikrlar oralarida keyinchalik hayolga kelgan fikrlarni yozish uchun boʻsh joylar ham qoldiriladi.
Ishtirokchilar oʻz fikrlarini erkin, tanqid qilmasdan ifoda etishga chaqiriladi. G‘oyalar tahlili keyinroq oʻtkaziladi. Bu usuldan foydalanganda muammoni yechish variantlari maksimal darajada ortadi.
Yumaloqlangan qor. Bu metod har qanday tushunchaga mumkin qadar aniqroq ta’rif topishga imkon beradi, oʻquvchilarga guruhlarda ishlashni, boshqalar fikriga quloq solishni va umumiy nuqtai nazarni ishlab chiqishni oʻrgatadi.
Bu metod bosqichma-bosqich hamda har bir bosqichga aniq vaqt belgilanishi bilan oʻtkaziladi.
1-bosqich. Har bir qatnashchi 2 minut mustaqil ishlaydi
2-bosqich. Juftlarda ishlash – uchliklarda ishlash 5 minut.
3-bosqich. Toʻrtliklarda ishlash - oltiliklarda ishlash 5 minut.
4-bosqich. Sakkizliklarda ishlash 5 minut.
5-bosqich. 5 minut muhokama.
Guruhlardagi ish tugashiga koʻra har bir guruh vakillari navbati bilan oʻz plakatlarini ilib qoʻyadilar va uni oʻqiydilar. Agar savollar boʻlsa, guruh javob beradi.
Oʻqituvchi barcha guruhlar ishtirokidagi umumiylikni topishga yordam beradi.
“T - jadval”grafik organayzerining tarkibi quyidagilardan iborat: “T - jadaval” 1ta konsepsiya-ning jihatini oʻzaro solishtirish yoki (“ha/yoʻq”, “ha/qarshi”) tanqidiy mushohadani rivojlanti-rish maqsadida ishlatiladi.
Juftlikda ishlanadi.
Ma’lumot beriladi.
T chiziladi. “T”ning chap tomoniga sabab yoziladi. Oʻng tomoniga qarama-qarshi g‘oyalar yoziladi.