Umumiy pedagogika



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə196/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

Texnologiyaning maqsadi: talabalarni erkin mustaqil va mantiqiy fikrlashga; jamoa boʻlib ishlashga, izlanishga; fikrlarni jamlab, ulardan nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga; jamoaga oʻz fikrini oʻtkazishga, uni ma’qullashga; qoʻyilgan muammoni yechishda va mavzuga umumiy tushuncha berishda oʻtilgan mavzulardan egallagan bilimlarini qoʻllay olishga oʻrgatish.
Texnologiyaning qoʻllanilishi: seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida yakka tartibda (yoki kichik guruhlarga ajrtilgan holda) oʻtkazish hamda guruh a’zolarini bir necha marotaba joylarini oʻzgartirib berilgan vazifalarni bajarishga moʻljallangan79.

  1. Strategiyalar: “Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig- zag”, “Zinama-zina”, “Muzyorar”, “Rotatsiya”, “T-jadval”, “Yumaloqlangan qor” va h.k.

Aqliy hujum. Bevosita jamoa boʻlib «fikrlar hujumi» («mozgovaya ataka») olib borish. bu metoddan maqsad mumkin qadar katta miqdordagi g‘oyalarni yig‘ish, talabalarni ayni bir xil fikrlash inersiyasidan holi qilish, ijodiy vazifalarni yechish jarayonida dastlab paydo boʻlgan fikrlarni yig‘ishdir
«Aqliy hujum» metodi muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda keng qoʻllaniladigan metod80.
«Aqliy hujum» - bevosita jamoa boʻlib «fikrlar hujumi» («mozgovaya ataka») olib borish. bu metoddan maqsad mumkin qadar katta miqdordagi g‘oyalarni yig‘ish, talabalarni ayni bir xil fikrlash inersiyasidan holi qilish, ijodiy vazifalarni yechish jarayonida dastlab paydo boʻlgan fikrlarni yig‘ishdir81.
“Aqliy xujum” – g‘oyalarni ilgari surish usuli. Qatnashchilar birlashgan holda qiyin muammoni yechishga harakat qiladilar, uni yechish uchun shaxsiy g‘oyalarini ilgari suradilar82.
“Aqliy hujum” texnologiyasining tarkibi quyidagidan iborat:

  1. Guruhlarga ajratish.

  2. Guruhlarga topshiriqlar beriladi.

  3. Vaqt belgilanadi va taqdimotga tayyorgarlik.

  4. Taqdimot (har bir guruhning g‘oyalari).

  5. G‘oyalar hujumi (asosiy g‘oya).

  6. Xulosa (1ta g‘oya).


Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin