Umumiy pedagogika



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə209/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

Tarbiyaviy ish (TI) – bu tarbiyaning tizimliligi, toʻlaligi, uzviyligi va uzluksizligidir. Tarbiyaviy ish – tarbiyalanuvchilarning muayyan faoliyatini tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi shakldir. TIning asosiy xususiyati – zaruriylik, foydalilik va tatbiq etish imkoniyatidan iborat.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da yozilishicha, “Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish Oʻzbekiston taraqqiyotining muhim shartidir”.
SHu sababli ta’lim muassasalarida tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish va muvaffaqiyatli davom ettirish uchun zarur boʻlgan tarbiyaviy ishlar uslublari, bilimlar, malaka va maxoratlar tizimi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ularni tarbiyaviy ishlar amaliyotida qoʻllash masalalari pedagogik jamoalarning eng muhim muammosi boʻlib qolmoqda.
Talim muassasalarida oʻquvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish tarbiyaviy ishlar texnologiyasini toʻg‘ri tashkil qilish va qoʻllashga bog‘liq. Bu esa, oʻz navbatida talim muassasalari uchun tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish uslubiyoti zamonaviy pedagogik texnologiyalar ishlanmalari asosida yaratishni talab etadi.
Fikrimizcha, talim muassasalarining tarbiyaviy ishlar texnologiyasi ijodiy faollik, mustakil fikrlash va mohirona harakatlarga yunaltirilgan boʻlishi va tarbiyachi hamda oʻquvchilar tomonidan minimal kuch sarflagan holda tarbiyaviy ishlar boʻyicha qoʻyilgan maksadlarni egallashda eng faol shakl, usul va uslublardan foydalanish tarbiyaviy jarayonni muvaffaqiyatli tashkil etuvchilarning doimiy va majmuaviy faoliyatining asosiy qismidan iborat boʻlishi kerak.
Talim muassasalarida tarbiyaviy ishlar uslubiyotini amalga oshirishning pedagogik texnologiyasi: loyihalashtirish, amalga oshirish, nazorat va tahlil qilish kabi ish harakatlari ketma-ketligidan iborat. (chizmaga qarang).
MAQSAD


JARAYONNI LOYIHALASHTIRISH


TARBIYACHI JARAYONNI AMALGA OSHIRISH NATIJA

JARAYONNI NAZORAT VA TAHLIL


QILISH


CHizmada koʻrsatilganidek, barcha yoʻnalishdagi tarbiyaviy ishlarning texnologiyasi va har bir aniq ishlarni oʻtkazish, tashkil qilish uslubiyoti pedagogik maqsad tushunchasidan boshlanadi, ya’ni pedagogik maqsadga muvofiqlik (ushbu ish nima uchun tashkil qilingan va oʻtkazilmoqda, shuningdek, tarbiyachi va oʻquvchi nimaga erishishi kerak?) va pedagogik mahorat (aniq ishlarni oʻtkazish, tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish, oʻquvchilarni qiziqtirish, jarayonda mustaqil qatnashish va ijodiy ishlashga istak uyg‘otish uchun turli usul va uslublardan foydalanish) va ularning natijalarini nazorat va tahlil qilish, umumlashtirish (oʻquvchilar nimalarga oʻrgandilar?).


Tarbiya jarayonini loyihalashtirish davrida tarbiyachi oʻquvchilar bilan oʻtkazilishi lozim boʻlgan tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish chog‘ida qoʻllaniladigan uslub, shakl va usullarni tanlaydi. Soʻngra, aniq tarbiyaviy ishlarga qoʻyilgan maqsadlarni amalga oshiradilar. Keyinchalik, ular ishni nazorat qilish mexanizmini aniqlaydilar (Nima ma’qul keldi? Nima ma’qul kelmadi? Nega? Nima yaxshi edi-yu, nimadan voz kechish kerak? Kim ajralib turdi? ) va hokazo.
Bu ishlarning hamasini umumlashtirib ta’lim muassasalarining tarbiyaviy ishlar texnologiyasi – ta’lim muassasasi sharoitida qoʻyilgan maqsadlarni amalga oshirishda har bir aniq tarbiyaviy ishni oʻtkazish va tahlil qilish uchun qoʻllaniladigan uslub va shakllar yig‘indisidan iborat ekanligini aniqladik. Masalan, ta’lim muassasasida oʻquvchilarning oʻqishi va tarbiyasi davrida guruhlarda, fakultetlarda, universitetlarda, institutlarda turli xil qiziqarli tadbirlar, bayramlar, tanlovlar, shuningdek, sportga, mehnatga, ijodiy ishga, badiiy mavzuga bag‘ishlangan tadbirlar, mashg‘ulotlar, oʻyinlar, sayllar, lineykalar, va boshqa tadbirlar oʻtkaziladi. Har bir tarbiyaviy ish va tadbirga mos uni tayyorlash va oʻtkazish uslubi mavjud. Lekin, mazmunsiz uslubiyot ham oʻz-oʻzidan mavjud boʻlmaydi, chunki tarbiya jarayonini, eng avvalo, tarbiyaviy ishning aniq mazmuni va shakli orqali amalga oshirish moʻljallanadi. SHunday ekan, aniq tarbiyaviy ishning ta’sirchanligi va samaradorligi - ularni tayyorlash va oʻtkazish, tarbiyachilarning oʻquvchilar bilan jamoaviy faoliyatini tashkil qilishi tarbiyaviy ishlar texnologiyasi tizimiga bog‘liq.
Odatda tarbiyaviy ishlar jamoaviy va ijodiy tabiatiga ega boʻladi va mos ravishda jamoaviy tarbiyaviy ishlar (JTI) yoki jamoaviy ijodiy ishlar (JII) deb nomlanadi. JII – ish va oʻyin, ijod va oʻrtoqlik, hayotiy umid va xursandlik bilan toʻldirilgan va ayni paytda, asosiy tarbiyaviy vosita boʻlgan jarayonni tashkil etish usulidir. Tarbiyaviy ishlarda tarbiyachilar va oʻquvchilar oʻzaro hamkorligining shakllari, vositalari va usullari uyg‘unlashib ketadi.
Tarbiyaviy ishlar asosida ikkita: faol va majmuaviy yondashuvlar yotadi. YOndashuvlarning birinchisi, faoliyatning bilish, mehnat, ijtimoiy, badiiy, sport va erkin muloqot kabi turli koʻrinishlarnitashkil etishni talab etadi. Ikkinchi majmuaviy yondashuv esa, faoliyatning barcha koʻrinishlarining yagona jarayonga ta’siri bilan tabiiy “qoʻshilib” ketishida namoyon boʻladi. Tarbiyaviy ishlar, ayni paytda, oʻziga axloqiy, estetik, siyosiy va aqliy (intellektual) ta’sirlarni qamrab oladi. Faoliyatga oid yondashuv tarbiya yoʻnalishiga ishora qilsa, majmuaviy yondashuv - uning mazmun tabiatini (pedagogik maqsad (vaziyat, tarbiyaviy maqsadning asosiy va bog‘liq tomonlarini shakllantirish) ni; rejalashtirish; tashkil etish va tayyorlashni; ishni bevosita amalga oshirishni; erishilgan natijalar tahlilini) belgilaydi.

Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin