muayyan sohaga oid ish faoliyatini shakllantirish va rivojlantirishga yoʻnaltirilgan ta’lim
1
Kasbiy ta’lim
inson kasbiy madaniyatiga oid strategiya, usul, malaka, kasbiy-shaxsiy sifatlarni shakllantirish jarayoni
3
Kasbiy mahorat
ta’lim oluvchilarning muayyan ish yoki ishlar majmuini bajarish uchun zarur malakalarni jadal egallash maqsadini nazarda tutadigan pedagogik jarayon
7-8 ta toʻg‘ri javob – “qoniqarli”
9-10 ta toʻg‘ri javob – “yaxshi”
11-12 ta toʻg‘ri javob – “ya’lo”
Suhbat metodi – og‘zaki bayon qilish metodi boʻlib, oʻquvchilarning bilimlarni asta-sekin oʻzlashtirishlariga olib keluvchi puxta oʻylangan savollar sistemasidir.
Takrorlash, mustahkamlash va yangi bilimlarni bayon qilishda qoʻllaniladi.
1. Evristik suhbat (evristika yunoncha soʻz – heurisko – izlayman, topaman, kashf etaman)
Maqsad – oʻqituvchining mohirlik bilan qoʻygan savollari yordamida hamda oʻquvchilarning tirishqoqligi va mustaqil fikrlashlari tufayli ularni yangi bilimlarni jadal oʻzlashtirishlariga olib kelish.
Bu suhbatda oʻqituvchining bitta savoliga oʻquvchilarning koʻplab javoblarini kutish mumkin.
2. Katexizik suhbat (katexizis yunoncha soʻz – katechesis – nasihat, oʻgit – biron-bir ta’limot asoslarini savol-javob tarzidagi qisqacha bayoni).
Maqsad – oʻquvchilarning bilimlarni tushunganlik va oʻzlashtirganliklarini nazorat qilish. Bu metod birinchi oʻrinda xotira va tafakkurni rivojlanishiga yordam beradi.
Bu suhbatda oʻqituvchining bitta savoliga oʻquvchilar bitta aniq tug‘ri javob berishlari kerak.
Germenevtik suhbat – (yunoncha soʻz –hermeneutikos – tushuntiruvchi, talqin qiluvchi) – matnlarni sharxlash san’ati.
Maqsad - oʻqilayotgan, oʻrganilayotgan matnni, tomosha qilinayotgan rasmni, eksperiment va ekskursiya natijalarining asl ma’nosi, mazmunini oʻquvchilar hamkorligida tushuntirish va izoxlash.
Bu suhbatda oʻrganilayotgan materialni tug‘ri tushunish va baho berish koʻnikmalari hosil boʻladi.
Sokrat suhbati - Sokrat metodi va mayevtikaga asoslangan (mayevtika – yunoncha soʻz - maieutike – povival san’at, insondagi yashiringan bilimlarni oʻylab koʻrishga undaydigan, yordamchi savollar yordamida yuzaga chiqarish).
Maqsad – dialektik fikrlashga, baxs-munozara san’atiga oʻrgatish, qat’iyan man qilinadigan fikrlardan qochish.
Bu suhbatda suhbatdoshni ikkilanish, hz fikrini bayon etish, pozitsiyasini aniqlashga qaratilgan og‘zaki dialogik metod ishlatiladi74