Umumiy pedagogika



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə7/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

Mahmud Qoshg‘ariy
Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” kitobida baxillik, mol-dunyoga hirs qoʻyish, oʻzi och boʻla turib, saxiylik qilaman, deyish, g‘irromlik va boshqalar qattiq qoralangan. Ota-ona, qoʻni-qoʻshnilarning pand-u nasihatlariga quloq solish, og‘izdan yomon soʻzlar chiqarmaslik, doimo kamtar, g‘amginlarning dardiga malham boʻlish ulug‘langan.
Insonni har tomonlama tarbiyalash azaliy orzu boʻlib, ajdodlarimiz ma’rifat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga oʻrgatish, ularni komillikka yetaklash yoʻllari, qonun-qoidalarini izlaganlar. Darqaqiqat, insonning ma’rifatli va ma'naviy komilligiga erishish pedagogika fanining yetakchiligida amalga oshiriladi.
Insoniyat madaniyatiga benazir hissa qoʻshgan, zamin-u zamonlarda barcha avlodlarga ma'naviy ozuqa baxsh etgan. Imom al-Buxoriy axloq va odobga oid hadislar mujassamlangan, ahamiyatiga koʻra Qur’oni Karimdan keyingi ikkinchi diniy manba deb e'tirof etilgan “Al-Jome’ as-Sahih” kitobidan keyin yaratgan “Al-adab al-mufrad” (“Adab durdonalari”) asarida axloqiy qadriyatlarni bayon etadi.
Forobiy insonning qadr-qimmatiga, uning aql-zakovatining ijodiy va bunyodkorlik kuchiga yuksak baho beradi. Inson Forobiy uchun shunchaki biologik bir mavjudot emas, u oʻz mohiyatiga koʻra, aql-idroki tufayli hayvonot dunyosi chegaralaridan tashqariga chiqadi, zakovati mehnati bilan bir qatorda uni ijtimoiy jihatdan faol qilib qoʻyadi. Insonning hayoti stixiyali tarzda kechishi mumkin emas. Bu hayot ongli va aniq maqsadni koʻzlagan boʻlishi, faqat shaxsiy emas, balki ijtimoiy ahamiyatga molik boʻlishi lozim.

Ibn Sino
Ibn Sino oʻz tarbiya sistemasini yaratdi. Bu tizimda: odob, astronomiya, tibbiyot, mantiq, falsafa, tabiatshunoslik, til va uning grammatikasi, musulmon qonunshunosligi fanlarini kiritdi. U tarbiya jarayoni aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik va mehnat (hunar oʻrgatish) tarbiyalarining bir butunligini tashkil etadi, deb koʻrsatgan edi. U maktabda oʻqish, tarbiya ishlarini jamoa tarzida tashkil etish g‘oyasini olg‘a surdi. Oʻqitish jarayonining didaktik asoslarini yaratdi. Ibn Sino etika va axloqiy tarbiya masalalarini falsafiy-pedagogik asosda chuqur yoritib berdi. Yaxshilik, odobli boʻlish, kamtarlik va insoniylik masalalariga koʻp asarlarida toʻxtalib oʻtgan edi. Ayniqsa, oila tarbiyasida Ota-onaning oʻrnini alohida koʻrsatadi. Bola tug‘ilgach, avvalo, ota unga yaxshi nom qoʻyishi, soʻngra esa uni yaxshilab tarbiya qilishi kerak deb ta’kidlaydi edi.
Ibn Sino “Kitob-al qonuni fit-tib” (“Tib qonuni”) “Donishnoma”, “Hayy ib Yaqzon” qissasi, “Hidoyat”, “Klunj”, “Risolatul tayr”, “Tadbiri manozil” va boshqa asarlarida pedagogikaga doir qarashlari va ta’limotlarini bayon qiladi.


Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin