Beruniy zamonasining turli bilimlari toʻg‘risida teran tadqiqotlar qilgan, dunyoda kam uchraydigan olimlardandir. U 153 ta asar yozgan. Beruniyning asarlarida ulug‘ olimlarga xos ikki xususiyat mavjud:
1. Hur va betaraf muomalada boʻlish. 2. Musbat bilimga nomuvofiq va aqlga uyg‘un boʻlmagan boʻsh va asossiz fikrlarga bog‘lanib qolmaslik. Uning fikricha, insonlar uch sabab bilan baxtsizlikka duchor boʻladilar:
. Beruniy axloq tarbiyasiga katta ahamiyat bergan. Unga koʻra, mardlik, jasorat faqat oʻzini emas, boshqalarni ham oʻylamoqdir.
Oʻzbek xalqining ulug‘ farzandi, insonparvar, ma’rifatparvar Alisher Navoiy (1441-1501) XV asrda tavallud topdi, temuriylar davrida yashab ijod qildi. Alisher Navoiy ilmiy va adabiy faoliyatida ham, ta’lim-tarbiya haqida bildirgan fikrlarida ham oʻzidan oldin oʻtgan Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon al-Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek va boshqa mutafakkirlar an'anasini davom ettirdi va boyitdi. Asarlaridan biri “Xamsa” oʻzbek she’riyatining gultoji boʻlib, Navoiy ularni 1483 yilda boshlab, 1484-85-yillarda yozib tugatgan.
Alisher Navoiyning bu asarida odob va kamtarlik, qanoat, insof, vafo, ishq, rostgoʻylik, doʻstlik, birodarlik va boshqa ajoyib insoniy fazilatlar, haqida, ilm-fan va olimlar, mehnat ahli haqida keng va atroflicha fikrlar aytiladi. Alisher Navoiyning fikricha, inson dunyoda barcha mavjudotlardan yuksak, aziz va qadrlidir. Bolani juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq darkor. Tarbiya insonning oʻzida yaxshi odat va fazilatlar hosil qilishiga yordam beradi. Navoiy fan sohalari: adabiyot, tarix, til bilimlarini, san'atning turli sohalari: musiqa, rasm, xattotlik, me'morlikni rivojlantirish uchun harakat qilish bilan birga, ilm va san’at arboblariga yordam berar, ularni rag‘batlantirar va maslahatlar berar edi.
Abdulla Avloniy Abdulla Avloniyning ijodiy faoliyatida maktab va maorif, ta’lim-tarbiya masalalari alohida oʻrin egallaydi. Avloniy “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Maktab va guliston” asarlarini maktab oʻquvchilariga bag‘ishladi. Avloniyning 1913-yilda “Turkiy guliston yoxud axloq” asari bosilib chiqdi. Avloniyning maorif, madaniyat, yosh avlodni tarbiyalash sohasidagi xizmatlari beqiyosdir. Uning fikricha insonlarni yaxshilikka chaqirguvchi, yomonlikdan qaytaruvchi – ilmdir. Yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar bilan bayon qiladurgan kitobni axloq deyilur. Oʻz aybini bilib iqror qilib tuzatmakka sa'y va qoʻshish qilgan kishi chin bahodir va pahlavon kishidir. Tarbiya “Pedagogiya”, ya’ni bola tarbiyasining fani demakdur. Bolaning salomati va saodati uchun yaxshi tarbiya qilmak, tanini pok tutmak, yosh vaqtidan maslakini tuzatmak, yaxshi xulqlarni oʻrgatmak, yomon xulqlardan saqlab oʻsturmakdur. Tarbiya qilguvchilar tabib kabidur1.