Umumiy pedagogika


Pedagogika fani ijtimoiy fanlar tizimiga kirib, oʻzining nazariy, milliy va amaliy asoslariga ega



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə10/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

Pedagogika fani ijtimoiy fanlar tizimiga kirib, oʻzining nazariy, milliy va amaliy asoslariga ega.
Pedagogikaning nazariy asoslari shaxs kamolotiga qaratilgan, xalq yaratgan boy tajriba, ilmiy tadqiqotga doir nazariy va metodik manbalarga, Oʻrta Osiyo va jahon ma’rifatparvar mutafakkir olimlarining asarlariga suyangan holda komil insonni tarbiyalash, oʻqitishning qonun-qoida va tamoyillariining umumiy qonuniyatlariga asoslanadi.
Pedagogikaning milliy asosi ta’lim-tarbiya muammolarini har bir millatning ma’naviy va madaniy, umumbashariy, umuminsoniy qadriyatlar bilan bog‘lagan holda amalga oshirishdir.
“Kelajak bugundan boshlanadi,” – deydi dono xalqimiz. Yosh avlodning kelgusi hayoti uni inson qilib koʻrsatuvchi ruhiy va ma'naviy jarayonning qay maqsadga yoʻnaltirib, kelib chiqadigan muqim vazifalarni bajarishga bog‘liq. Pedagogika fanining maqsadi tarbiyachi-oʻqituvchilarning ongli faoliyatida oʻz oldiga aniq maqsad qoʻyib, oʻz ustida ishlashi, intilishi, izlanishi, tanlangan vosita va usullarning qoʻllanishi natijasini koʻra bilish kabi tarbiyachilik san’atini oʻrgatishga qaratilgan.
Pedagogika fanining vazifalari:
– Sharq va G‘arb xalqlari og‘zaki ijodiyoti, pedagogikasi, mutafakkir, ma’rifatparvar, pedagog va olimlarning tarbiyashunoslikka doir ilg‘or g‘oyalarini tahlil qilib, komil inson tarbiyalash jarayonini oʻrganish;
– komil insonni tarkib toptirishning qonuniyat-qoida va zarur sifatlarini aniqlash;
– pedagogika – tarbiyashunoslikdagi ta’lim-tarbiya nazariyasini hozirgi davr xususiy metodikasi bilan uzviy muammolarini ishlab chiqish va yangi pedagogik texnologiya tamoyillariga amal qilish;
– ta’lim-tarbiya nazariyasidagi qoida, qonun, tamoyil, metod va usullarni maktab amaliy hayoti bilan bog‘lab boʻlajak oʻqituvchilarga oʻrgatish;
– xalq ta’limini boshqarish va raqbarlik masalalarini chuqur oʻrganib boʻlajak oʻqituvchilarni qayta tayyorlash muammolarini hal qilish.
Pedagogika fanining maqsadi:

  • respublikamizda komil insonni voyaga yetkazishning bir butun holatdagi muammolarini hal etish;

  • ta'lim-tarbiya samaradorligini oshirish va dunyo talablari darajasiga olib chiqish masalalariga ijodiy yondashish;

  • umuminsoniy qadriyat va milliy madaniyatning asoslarini e'tiborga olib, ta'lim-tarbiya mazmunini, milliy mafkurani shakllantirib borish imkonini yaratish;

  • pedagogika – tarbiyashunoslik qoida-qonunlarini ilg‘or tajribalar asosida boyitib borish va yangi ish shakllarini izlashga oid tadbirlar belgilash;

  • boʻlajak oʻqituvchi va tarbiyachilarni voyaga yetkazish masalalarini tadbiq qilish;

  • uzluksiz ta'lim tizimini yanada rivojlantirish muammolarini bartaraf etish.


Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin