Umumiy pedagogika



Yüklə 2,54 Mb.
səhifə9/261
tarix26.11.2023
ölçüsü2,54 Mb.
#136132
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   261
UMK 3 kurs um.ped. FILOL Jumaniyoziva

Mahmudxo‘ja Behbudiy
Mahmudxoʻja Behbudiy asrimizning birinchi choragidagi Turkistonning eng mashhur kishilaridan edi. Behbudiy adabiyot, tarix bilan birga siyosatshunoslik bilan ham shug‘ullangan. Behbudiyning Turkiston maktab-maorifchiligidagi xizmatlari g‘oyat katta. U oʻlkadagi “usuli jadid” maktabining eng birinchi nazariyotchi va amaliyotchisi jadidchilik harakatining tan olingan karvonboshisidir. Behbudiy oʻzbek va tojik tillarida “Muntaxabi joʻg‘rofiyai umumiy” (“Qisqacha umumiy joʻg‘rofiya”) asarini, yangi usuldagi maktablar uchun darslik va qoʻllanmalar: “Kitob ul-aftol” (“Bolalar uchun kitob”), “Muxtasari tarixi islom” (“Islomning qisqacha tarixi”), “Amaliyoti Islom», “Madhali joʻg‘rofiyai umroniy” (“Aholi joʻg‘rofiyasiga kirish”), “Muxtasari joʻg‘rofiyai Russiy” (“Rossiyaning qisqacha joʻg‘rofiyasi”)ni yaratgan. U xalqni ilm-ma’rifat egallashga chaqirdi, xotin-qizlarning ilm olish huquqini himoya qildi, yangi usuldagi maktablar ochishga, dunyoviy fanlarni oʻrganishga undadi, tabiat hodisalarini, Yerning yumaloqligi, oʻz oʻqi atrofida aylanishi va muallaq turishi, Oy va Quyosh tutilishini ilmiy nuqtayi nazardan tushuntirishga harakat qildi. Buning uchun uni reaksion ruhoniylar “Dahriy” deb e'lon qilganlar.

Yan Amos Komenskiy
Yan Amos Komenskiy mashhur donishmand, chexiyalik insonparvar-pedagog, demokratik pedagogikaning asoschisi sifatida bashariyat tarixidan munosib oʻrin oldi. U oʻzining ongli hayotini, amaliy pedagogik faoliyatini, ilmiy asarlarini xalq bolalarini oʻqitish va tarbiyalashdek oliyjanob ishga bag‘ishladi. Uning insoniyat oldidagi buyuk xizmati shundaki, u yosh avlodni oʻqitish va tarbiyalash haqidagi fan – pedagogika fanining vazifalarini payqabgina qolmasdan, balki bu sohaning poydevorini ham qurdi, uning keyingi rivojlanish yoʻllarini koʻrsatib berdi.
Umumiy pedagogikaning obyekti, predmeti va tuzilishi
Pedagogika tarbiya haqidagi fandir. “Pedagogika” grekcha soʻz boʻlib, “peydogogos” – “bola yetaklovchi” ma'nosini anglatadi. Insonlarni ma'naviy va ma'rifiy barkamollikka munosabatlarining oʻzgarib borishi natijasida pedagogika fani xalq orasida oʻz mavqeiga ega boʻldi. Shu tariqa insonni tarbiyalovchi – fan sifatida pedagogika dunyo fanlari tizimi qatorida alohida oʻrin egalladi.
Pedagogikaning bosh masalasi – tarbiyadir. Tarbiyadagi keng ma'no ta’lim, rivojlanish, ma'lumot bilan bog‘langan holda barkamol insonni voyaga yetkazishdir. Pedagogika komil insonni tarbiyalashda hayotiy tajribalarga suyangan holda yuksak ma'naviy mafkurani shakllantiruvchi qonun-qoida, tamoyil va usullarini oʻrgatuvchi hodisalar doirasidagi fandir.

Yüklə 2,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin